So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

13 iyu 11:57
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Suzuvchilarimiz jahon chempionati oldidan so'nggi tayyorgarlik mashg'ulotini o'tkazishdi + FOTO

14-30 iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida suv sporti turlari bo'yicha XX jahon chempionati o'tkaziladi.

Mazkur musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz Kunchiqar yurtga etib kelishgan va bugun musobaqa oldidan tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazishdi.

Dastlab ochiq suv havzasida suzish musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz mashg'ulotlarga kirishdilar. Tajribali murabbiy Saida Iskandarova boshchiligida jahon chempionatida qatnashadigan sportchilarimiz musobaqa o'tkaziladigan ochiq suv havzasida qariyib ikki soat davomida tayyorgarlik mashqlarini olib borishdi.

Eslatib o'tamiz, ochiq suv havzasida suzish bo'yicha mazkur jahon chempionatida jami 4 nafar sportchimiz yurtimiz shanini himoya qilishadi. 

Xotin-qizlar musobaqasida Parizoda Iskandarova hamda Anastasiya Zelinskaya startga chiqishsa, erkaklar o'rtasidagi bahslarda Vyacheslav SHkretov va Nikita Kornilov medallar uchun kurash olib borishadi.

Musobaqa oldidan sportchilarimizning kayfiyati alo darajada va ular o'ta kuchli raqobat ostida kechishi kutilayotgan bahslarda imkon qadar yuqori natijalarni qo'lga kiritishni maqsad qilishgan. Biz esa sportchilarimizga bo'lajak musobaqalarda omad va zafar tilaymiz.

Malumot uchun, ochiq suv havzasida suzish musobaqalari 15 iyul kuni start oladi. SHu kuni ikki nafar sportchimiz xotin-qizlar o'rtasida 10 km. masofaga suzish musobaqasida bahslarga kirishadilar. 16 iyul kuni xuddi shu masofaga erkaklar o'rtasida musobaqalar o'tkaziladi va unda ikki nafar hamyurtimiz startga chiqadi.

18 iyul kuni 5 km. masofaga erkaklar va ayollar o'rtasida musobaqalar tashkil etiladi. SHu kuni to'rt nafar sportchimiz ham sovrinli o'rinlar uchun bahslarga kirishadilar. Va nihoyat, 20 iyul sanasida 4x1500 m. masofaga estafeta (mikst) bahslari o'tkaziladi. Mazkur musobaqada ham sportchilarimiz startga chiqishadi.  

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing