So’nggi yangiliklar

20:30«Бургут Жерсига қўнди» - Хабиб ўзининг рекордини янгилаш учун Исламга ёрдам беради 0 20:07Ислам Махачев: "Царукян билан жангимиз бўлиши аниқ" 0 19:46Ван Нистелрой "Лестер"да иш бошлаши мумкин 0 19:25Волкановски фақатгина бир рақиб учун вазнини ўзгартиришга тайёрлигини айтди 0 19:03Дастин Порье Ислам Махачев билан жанг учун ўзгача либосларни қабул қилиб олди (ФОТО) 0 18:42Махачев Оливейрани Доғистондаги машғулот лагерига таклиф қилди 0 18:21АПЛ офсайдни аниқлаш учун сунъий интеллектдан фойдаланмоқчи 0 18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0

07 mar 16:16
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo ITF: Yunusobod sport majmuasida O'zbekiston chempionlari aniqlandi

Teglar :  Taekvondo
Xabar berganimizdek, 5-6 mart kunlari Toshkentdagi Yunusobod sport majmuasida taekvondo ITF bo'yicha o'smirlar o'rtasida 2022 yilgi O'zbekiston chempionati o'tkazildi.

CHempionatda ishtirokchilar taekvondo ITFning shaxsiy massogi, jamoaviy massogi va shaxsiy tul yo'nalishlari bo'yicha o'zaro bahslashdi. Sportni rivojlantirish vazirligi va O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasi tashabbusi bilan o'tkazilgan mazkur musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 1 500 nafardan ortiq sportchi g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Musobaqada terma jamoa azolari yana bir marotaba ko'rikdan o'tkazilib, shu yil 1-5 iyun kunlari Italiyaning Sardiniya orolida o'tkazilishi rejalashtirilgan Jahon chempionati uchun eng munosib sportchilar saralab olindi.

CHempionatning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etilib, unda Milliy gvardiya askarlari tomonidan namoyish etilgan ko'rgazmali chiqishlar yig'ilganlarda iliq taassurot qoldirdi. Tadbirda Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimovlar ishtirok etishdi.


O'z navbatida tadbir doirasida O'zbekiston taekvondo ITF milliy associaciyasi rahbariyati tomonidan yurtimizda ushbu sport turini rivojlantirishga munosib hissa qo'shayotgan bir guruh insonlar munosib rag'batlantirildi.

Ikki kun davom etgan qizg'in va murosasiz bahslar yakuniga ko'ra umumjamoa hisobida 1-o'rin Toshkent viloyati jamoasiga nasib etdi. Toshkent shahri vakillari esa 2-o'ringa sazovor bo'ldi. Keyingi o'rinlardan Buxoro hamda Sirdaryo viloyati yosh taekvondochilari joy olishdi.

Eslatib o'tamiz, 10-15 may kunlari milliy terma jamoa azolari AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro musobaqada to'liq tarkib bilan ishtirok etishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing