So’nggi yangiliklar

15:21Уйқудаги парилар Мария Шарапова, опа-сингил Уильямс ва бошқа гўзаллар Met Gala 2024 оқшомида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:00«Челси» 17 ёшли болакай учун 30 миллиондан воз кечишга тайёр 0 14:38UFC ҳали ҳамон Забит Магомедшариповни қайтаришни истайди 0 14:17Грунт қироли Рафаэль Надалнинг Рим "Мастерс"даги илк рақиби маълум 0 13:55Сэндхаген Умар Нурмагомедовнинг кучсиз томони ҳақида гапирди 0 13:32Жозе Моуриньо собиқ жамоасига қайтмоқчи 0 13:10Богдан Гусков Шон Стрикленд билан спарринг ҳақида гапирди 0 12:48Шакур Стивенсоннинг навбатдаги жанги эълон қилинди 0 12:25Бугун Абдураимова Прага турниридаги юришини бошлайди 0 12:04Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди 0 11:41Дастин Порье Ислам Махачевнинг гапларига жавоб қайтарди 0 11:20Рим WTA 1000. Кербер, Путинцева ва бошқаларда ғалаба 0 10:58Ўзбекистонлик яна бир боксчи жаҳон чемпионлик камари учун жанг қилади 0 10:37Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди 0 10:16Наоя Иноуэ навбатдаги жангини "Уэмбли"да ўтказиши мумкин 0

15 mar 15:03
Yangiliklar

Taekvondo, Parij-2024

Taekvondo. O'zbekiston milliy terma jamoasi to'liq tarkibda Parij-2024 Olimipiya o'yinlarida ishtirok etadi!

Teglar :  TaekvondoParij-2024
Xitoyning Tayyan shahrida taekvondo WT bo'yicha Osiyo licenzion turniri o'tkazilmoqda.

Musobaqada O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar azosi — Jasurbek Jaysunov (-80 kg) va Ozoda Sobirjonova (-67 kg) ishtirok etdi.

Quvonarlisi, har ikki sportchimiz o'z janglarida g'alaba qozonib, to'rt yillikning eng muhim kompleks musobaqasi uchun licenziyani qo'lga kiritdi.

Qayd etish joiz, Xitoydagi musobaqadan so'ng milliy terma jamoamizdagi yo'llanmalar soni to'liq bo'ldi - 4 ta. Bu natija Tokio-2020 Olimipiya o'yinlarida ham sodir bo'lgan edi.

Malumot uchun, Olimpiya o'yinlari dasturiga ko'ra, taekvondo WT sport turida ayollar va erkaklar 4 tadan vazn toifasida ishtirok etadi. Har bir mamlakat federaciyasi o'z ixtiyoriga ko'ra ayollar va erkaklar orasidan 2 tadan vazn toifasida yo'llanmalar uchun qatnashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq terma jamoamizning ikki nafar azosi — Ulug'bek Rashitov (-68 kg) hamda Svetlana Osipova (+67 kg) reyting ochkolari orqali Parij-2024 chiptasiga ega chiqqan edi.

SHu tariqa, Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya o'yinlarida terma jamoamiz to'liq tarkibda ishtirok etadigan bo'ldi:

-68 kg: Ulug'bek Rashitov

-80 kg: Jasurbek Jaysunov

-67 kg: Ozoda Sobirjonova

+67 kg: Svetlana Osipova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing