So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

16 apr 17:41
Yangiliklar

Taekvondo, Karate

Taekvondo va karate bo'yicha terma jamoamiz xorij safariga yo'l oldi

Bugun erta tongda karate va taekvondo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakillari navbatdagi xorij safariga yo'l olishdi.

Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, karatechilarimiz 19-21 aprel kunlari Marokashning Rabot shahrida bo'ladigan Premer liga musobaqasiga, taekvondochilarimiz esa Angliyaning Manchester shahriga xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun safarga otlanishdi. Har ikki delegaciyamiz ham Toshkentdan Istanbulga uchadigan reysda birga parvoz qilishmoqda. Hamyurtlarimiz Turkiya poytaxtidan ikki tomonga bo'linishadi.

Rabotdagi musobaqada Sadriddin Saymatov, Sanjar Abdukarimov, Iqboljon Uzoqov, Doniyor Otabolaev, Bahriniso Boboeva hamda Barno Mirzaeva yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Takidlash joiz, ushbu turnirda Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolari o'ynaladi.

Angliya safariga otlangan taekvondochilarimiz 28 aprelga qadar yig'in o'tkazishadi. Yig'in uchun Manchester shahri tanlanishing ham o'ziga yarasha sababi bor. 15-19 may kunlari aynan ushbu shahar navbatdagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Mazkur yig'inda jahonning etakchi terma jamoalari ham ishtirok etishi vakillarimizning musobaqadan avvalgi jismoniy holatini ko'zdan kechirib olish uchun ayni muddao. Yig'inga jalb qilingan sportchilarimiz quyidagilar: Dmitriy SHokin, Nikita Rafalovich, Nigora Tursunqulova, Feruza Sodiqova, Madinabonu Mannopova, SHuhrat Salaev, Valentin Xegay, CHaros Qayumova, Svetlana Osipova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing