So’nggi yangiliklar

18:00"Конор Макгрегорнинг машғулот лагери тунги клубда ўтмоқда". Махачев Конор - Чендлер жанги ҳақида 0 17:38Абдусатторов, Синдаров, Мамедяров ва бошқалар. Шахмат юлдузлари Тошкентда беллашади 0 17:17Ўзбекистон хоккей бўйича жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 16:53Жанубий Корея термаси Хавини ишга таклиф қилди 0 16:30Нурсултонни мағлуб этган Бакли энди Шавкат Раҳмоновни жангга чорлади 0 16:08Жаҳон чемпионатида муваффақиятли иштирок этган ўсмир оғир атлетикачиларимиз тантанали кутиб олинди 0 15:47Ислам Махачев ва Дастин Порьенинг ҳозир қандай формада эканлиги намойиш этилди 0 15:26"Барселона" Педри учун "Лас-Пальмас"га қўшимча 18 млн евро тўлади 0 15:05Андрей Рублёв French Open учинчи даврасига чиқди 0 14:44Уч нафар шахматчимиз Aktobe Open 2024 турнирида иштирок этяпти 0 14:23Ислам Махачевнинг сўнгги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:02"Ал Насср" АПЛнинг уч юлдузи билан шартнома имзоламоқчи 0 13:41Жек Делла Маддалена UFC 305 турниридан "ечилди" + ФОТО 0 13:20Карлос Алькараз "Ролан Гаррос" учинчи даврасига йўл олди 0 12:59Дана Уайт Нурмагомедов иштирокидаги даъвогарлар жангини тасдиқлади + ПОСТЕР 0

24 may 13:47
Yangiliklar

Velosport

Tanzila Narbaeva Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti bilan yangi rejalarni muhokama qildi

Teglar :  Tanzila Narbaeva
Osiyo velosport konfederaciyasi prezidenti Osama Al SHafar mamlakatimizda bo'lib turgani haqida xabar bergan edik.

Martabali mehmon tashrif davomida O'zbekiston Respubilkasi Oliy Majlis Senati Raisi, mamlakat velosiped sporti federaciyasi rahbari Tanzila Narbaeva qabulida bo'ldi.

Uchrashuvda yurtimizda velosportni yanada rivojlantirish, velosiped sport turlarini aholi o'rtasida ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni ushbu sport turiga keng jalb qilish, professional sportchilarni tayyorlash, shuningdek, Osiyo velosport konfederaciyasi bilan hamkorlikda istiqbolli rejalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida Tanzila Narbaeva Osiyo velosport konfederaciyasi tomonidan ko'rsatilgan amaliy ko'mak tufayli O'zbekiston velosiped sport federaciyasi ko'zga ko'rinarli yutuqlarga erishayotganini takidlab o'tdi. Xususan, O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari UCI Olimpiya reyting setkasidan joy olib, erkaklar terma jamoasi UCI xalqaro reytingida 52-o'rindan 34-o'ringa, ayollar terma jamoasi 22-o'rindan 17-o'ringa ko'tarilgani alohida tilga olindi.

O'z navbatida, Osama Al SHafar O'zbekistonda velosportni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan say-harakatlarni, sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni yuqori baholab, atletlarimizning qisqa davr ichida jahon velosport olamida o'z o'rniga ega bo'lgani va Osiyo qitasi o'zbekistonlik sportchilarning yutuqlari bilan faxrlanayotganini alohida takidlab o'tdi. 

SHu bilan birga, Osiyo velosport konfederaciyasi bundan keyin ham O'zbekistonda velosportni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligini qayd etdi.

SHuningdek, suhbat chog'ida O'zbekistonda velosportning shosse, tog' va trek turlari bo'yicha musobaqalarni tashkil etish, Osiyo chempionatlarini o'tkazish bo'yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

O'zbekiston velosport terma jamoasining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, xorijiy murabbiylarni jalb etish orqali sportchilarni kelgusidagi yirik musobaqalarga puxta tayyorlash kabi ustuvor masalalar yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing