So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

13 noy 18:44
Yangiliklar

Qilichbozlik, Ot Sporti, Zamonaviy beshkurash

Tarixiy natija: zamonaviy beshkurashchilarimiz Olimpiya o'yinlariga yana bir licenziya qo'lga kiritishdi

Xitoyning Uxan shahrida davom etayotgan zamonaviy beshkurash bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati sportimiz tarixi uchun unutilmas voqeliklarga boy bo'lishi bilan yodda qolmoqda.

Ayollar o'rtasida kechgan bellashuvlardan so'ng endi erkaklar terma jamoasida ham hamyurtimiz Aleksandr Savkin kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritdi. Qayd etish joiz, terma jamoamiz ushbu sport turida o'zbek sporti tarixida ilk bor Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi.

Mazkur musobaqada Osiyo va Okeaniya mintaqasining eng kuchli 12 terma jamoasidan ayollar o'rtasida 26, erkaklar o'rtasida esa 32 nafar sara beshkurashchilar bahs olib bordi.

Takidlab o'tish kerakki, o'zbek sporti tarixida bunday ko'rsatgich birinchi bor qayd etilmoqda. Kuni kecha esa Alise Faxrutdinova ayollar o'rtasida o'tkazilgan saralash bosqichida uchinchi o'rinni egallab, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma ko'lga kiritgan edi. Musobaqa yakuniga ko'ra, sportchilarimiz jamoaviy reytingda beshinchi pog'onani egallab, Olimpiya o'yinlarining 2 ta licenziyasiga sazovor bo'lishdi. Zamonaviy beshkurash mamlakatimizda endi rivoj topib borayotgan sport turlaridan biri. Boisi ushbu yo'nalishga avvallari deyarli etibor qaratilmas edi, ammo 2018 yil oxirida federaciya boshqaruvida bo'lgan o'zgarishlar bugun o'z mevasini bermoqda.

Musobaqa yakunida terma jamoalarning kuchli beshligi quyidagi ko'rinishga keldi:

1. Janubiy Koreya
2. Xitoy
3. Qozog'iston
4. Yaponiya
5. O'zbekiston

Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, Tokio Olimpiadasiga qo'lga kiritilayotgan licenziyalar geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Bu esa muhtaram Prezidentimizning sport sohasiga qaratayotgan yuksak etibori samarasi o'laroqdir. SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasining Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga qo'lga kiritgan licenziyalari soni o'n uchtaga (ettita sport turi) etdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing