So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

31 iyu 10:40
Yangiliklar

Sport kurashlari

Tasmuradov va Abdullaev o'z raqiblarini bilib olishdi

Ertaga Tokio-2020 Olimpiadasining sport kurashlari musobaqasiga start beriladi.

Biroz avval yunon-rum kurashi bo'yicha 60 va 130 kg vazn toifalari bellashuvlariga qura tashlandi. 

Ertaga, 1 avgust kuni yunon-rum kurashida aynan shu vaznlarda saralash bahslari bo'lib o'tadi. 60 kg vaznda Rio-2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori Elmurat Tasmuradov, 130 kg vaznda esa o'zining uchinchi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan Mo'minjon Abdullaev yurtimiz sharafini himoya qiladi. 

Qura natijasiga ko'ra, Tasmuradov 1/8 finalda asli Olmaliqda tug'ilgan, hozirda Ukraina sharafini himoya qilayotgan, jahon chempionatining bronza medali sovrindori 32 yoshli Lenur Temirovga qarshi gilamga chiqadi. Ushbu juftlik g'olibi 1/4 finalda armanistonlik Armen Melikyan yoki eronlik Nejati bilan to'qnash keladi. 

Osiyo o'yinlari g'olibi Mo'minjon Abdullaev esa 1/8 finalda estoniyalik 24 yoshli Artur Vititin bilan bellashadi. Abdullaev g'alaba qozongan taqdirda chorak finalda chililik Akosta Farna yoki tunislik Guennichiga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
31 iyu 11:17:25
Nuriddin 77
Nisbatan Abdullaevga imkoniyat yarim finalgacha qulayroq yarim finalda Semedov kutib olsa kerak inshoolloh Tasmurodov faqat kuchli raqiblar bilan tusharkan eng asosiysi uning eng noqulay raqibi finalda Kubalik bōlishi mumkin undan revanch olish imkoniyati bōladi chunki aynan shu Kubalik JCH va Olimpiyada 2016 chempionligidan mahrum qilgan.
+1   
31 iyu 10:45:19
Kahramon Karriev
Омад тилайман, шу тасмурадов шу йил олтин медал буб колмасмиксн
   
31 iyu 11:51:33
Durimov Ro'zimboy
Omadd inshaa'Alloh yutishadi,
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing