So’nggi yangiliklar

20:49Қаршида Ўзбекистон кубогининг тантанали очилиш маросими бўлиб ўтди 0 20:28Дмитрий Бивол: "Ҳозир Бетербиевни унутиб туришим лозим" 0 20:07Туркманистон терма жамоаси легионери Ўзбекистонга қарши ўйнамайди 0 19:46"Ролан Гаррос". Даниэль Коллинз муваффақиятли старт олди 0 19:25Ислам Махачев: "Порье билан жангим тўлиқ давом этмайди" 0 19:04Дунёнинг 7-ракеткаси қаторасига иккинчи йил ҳам "Ролан Гаррос"ни 1-даврадаёқ тарк этди 0 18:43Анчелотти Лига 1`да 9-ўринни эгаллаган жамоани бошқариши мумкин 0 18:22Зарруҳ Адашев Хабиб Нурмагомедовга мурожаат қилди + ФОТО 0 18:01Вазирликда икки томонлама ҳамкорлик алоқалари муҳокама қилинди 0 17:40МУТОЛАА УЧУН: Бокс тарихидаги даҳшатли қайтишлар: Муҳаммад Али, Форман, Кличко, Тайсон... 0 17:19Суперлига. 10-тур учрашувларининг бошланиш вақтлари маълум 0 16:58Даниил Медведев "Ролан Гаррос"даги юришини бошлади 0 16:37Ислам Махачев UFC'нинг янги қўлқоплари ҳақида: "Энди кўпроқ қон тўкилади" 0 16:16Конор билан бир оқшомда жанг қиладиган собиқ UFC чемпионининг янги рақиби эълон қилинди 0 15:55Модрич фаолиятини якунлаши ҳақида: "Ҳали вақти келмади" 0

08 mar 14:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya etamiz! Kanelo merosini himoya qilish va tanqidchilarga javob berishga, Bivol esa Saulni pufak chempion ekanini isbotlashga urinadi

Agar Saual Alvares g'alaba qozonsa, tanqidchilarning og'zi yopiladi va bu bilan o'zining buyukligini yana bir bor isbotlaydi.

7 maydan 8 mayga o'tar kechasi uzoq kutilgan chempionlik jangi bo'lib o'tadi hamda unda Saul Alvares va Dmitriy Bivol to'qnash keladi. Rossiyalik jangchiga tegishli bo'lgan yarim og'ir vazn toifasidagi WBA kamari havf ostida bo'ladi. Bivolda tarix yaratish imkoniyati bor... 

Jang o'tkaziladigan manzil - Las-Vegas T-Mobile Arena (Nevada, AQSH)

Kanelo raqib saviyasini oshirish haqida o'ylayaptimi?

Kanelo Alvares - jahon boksining yuzi. U bilan uchrashish har qanday jangchini boy qiladi. Aynan Kanelo nafaqat eng ko'p maosh oluvchi jangchi, balki vazn toifasidan qatiy nazar, eng yaxshi bokschi hisoblanadi. Hech bo'lmaganda The Ring jurnali shunday deb o'ylaydi.

O'tgan yili meksikalik supero'rta vazn toifasini zabt etib, u erda barcha to'rtta nufuzli kamarni o'z qo'lida birlashtirdi. SHu tariqa u mutlaq jahon chempioniga aylandi. Bu noyob va juda kam uchraydigan yutuq. Ammo, bu ikki omil tomonidan biroz qadrsizlanadi. Birinchisi, raqib topishning qulayligi. Gap shundaki, Alvares bu vaznda reyting janglarini o'tkazmagan va darhol yuqoriga sakrab o'tgan. Ikkinchisi - qarama-qarshilik darajasi. Billi Jo Sonders ulardan biri. Ammo, Kaleb Plant, Rokki Filding va Kallum Smit, hatto elkasida chempionlik kamari bo'lsa ham, ularni Top jangchilar deb atash qiyin.

SHu sababli ham meksikalikning erishganlari qadrsizlanadi. Keyin Kanelo zudlik bilan birinchi og'ir vazn toifasiga o'tishi haqida mish-mishlar tarqaldi. U erda u barcha chempionlarning eng oson nishoni - Ilunga Makabuni ko'rdi. Ular allaqachon matbuot anjumanida uchrashishgan. Va ularning to'qnashuvi muqarrar bo'lib tuyuldi. Bundan tashqari, Makabu kamarni 2022 yil boshida Tabiso Mchunudan muvaffaqiyatli himoya qildi.


Ammo, meksikalik DAZN orqali bosim o'tkazib, u eng yaxshilarga qarshi kurashish kerakligiga ishora qildi

Teleradiokompaniya Kaneloning Gennadiy Golovkin bilan uchinchi marta uchrashishini ko'rmoqchi. Lekin bu Alvares uchun stilistik jihatdan noqulay bo'lgan Bivol bilan qarama-qarshilikdan keyingina sodir bo'ladi. Rossiyalik bilan jang Kaneloning haqiqiy kuchini ko'rsatadi. Agar meksikalik jangda hakamlarga so'z qoldirmay g'alaba qozonsa, u barcha tanqidchilarning og'zini yopadi. SHu bilan birga, Sergey Kovalyov bilan bo'lgan o'sha kulgili to'qnashuvni unutish mumkin bo'ladi.

Agar meksikalik yutqazsa, uning buyukligini ham ishonch bilan unutish mumkin. Tomoshabinlar atirgul rangli ko'zoynagini echib, ko'zlarini boshqa - Terens Krouford, Tayson Fyuri, Aleksandr Usik va Vasiliy Lomachenko kabi yulduzlarga qaratadi.


Bivol faoliyatidagi asosiy jang

Dmitriy Bivolni, albatta, yarim og'ir vazn toifasida chempionlarning eng kuchsizi deb atab bo'lmaydi. Biroq u elitadagi o'rni bilan ham maqtana olmaydi. Dmitriyning eng ko'zga ko'ringan raqiblari Jan Paskal, Isaak CHilemba, Jo Smit Junior va Sallivan Barrera. Ammo, bu Kanelo duch kelgan jangchilarga nisbatan hech narsa emas: Gennadiy Golovkin, Migel Anxel Kotto, SHeyn Mosli, Ostin Traut, Erislandi Lara va boshqalar.

SHunga qaramay, rossiyalik ajoyib statistikaga ega - 19 g'alaba va birorta ham mag'lubiyat yo'q. Dmitriyning kuchli jihati 12 raund davomida yuqori tempni ushlab turish qobiliyatida. Bivol birinchi raqamda ham, ikkinchi raqamda ham yaxshi ishlaydi, bu esa Kaneloga noqulaylikni oshiradi. U bitta emas, ikkitalik zarbalar yo'llaydi. Bundan tashqari, Dmitriy uzoq masofadan juda yaxshi ishlaydi. Bo'y borasidagi farq esa rossiyalik jangchi foydasiga - tafovut 10 santimetr.

Ha, Alvaresning arsenali rossiyaliknikidan boyroq. Ammo, so'nggi janglarda Kanelo buni to'liq ko'rsatmayapti. Saul Bivolni mag'lub qilish uchun  universallik va xilma-xillikni oshirishi kerak.

Biz Bivolning qo'ng'iroqdan qo'ng'iroqgacha 12 raund jang qilishga tayyorligiga ishonchimiz komil. Dmitriyning bo'lajak jangda muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshigina imkoniyati bor. Faqat bundan amalda foydalanishi lozim. 

Darvoqe, Bivol Kaneloga qarshi jangga tayyorgarlikning birinchi bosqichini O'zbekistonda o'tkazdi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing