So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

06 sen 19:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Tavsiya qilamiz: Futboldan chiqqan UFC yulduzi Siril Gan bilan yaqindan tanishing

Siril istiqbolli o'yinchi sanalardi va hatto Montagu xalqaro turniri uchun Vendee departamentining yoshlar jamoasiga chaqirilgan.

Yillar davomida ushbu turnirda Krishtianu Ronaldu, Terri Anri, Karim Benzema kabi yulduzlar ham ishtirok etgan...

3 sentyabr kuni Parijdagi UFC Fight Night turnirida Siril Gan Sergey Spivak bilan jang qildi. Bilasizki, Gan o'zining noyob muvozanati va oyoq harakatlari bilan mashhur. Bazi muxlislar uning bu ko'nikmalari avval futbol bilan shug'ullangani bois shakllanganini takidlashadi. Siril etti yoshidan futbol o'ynab keladi, u 42-o'lchamdagi poyabzal kiyardi va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 

Gan bolaligidan futbolga oshno edi. Uning otasi mintaqaviy darajada futbol o'ynagan. Sportchining o'zi ham MMA janchilaridan emas, balki francuz futbolchilari Zinedin Zidan va Terri Anridan ilhomlangan. “Biz Anri bilan vatandoshmiz. U xuddi otam kabi, Gvadelupadan. Zidanni tanishtirish, menimcha shart emas”, deydi Siril Gan.


Sportchi o'zi tug'ilib o'sgan shaharning "Gan Étoile Sportive Ornaysienne de Football" akademiyasida shug'ullangan. “Dastlab o'zini hujumda sinab ko'rdi, ammo texnikasi etishmasligi sabab markaziy himoya poziciyasiga ko'chib o'tdi. Yangi poziciyada Sirilning yangi qirralari ochila boshladi. Uning maydonni ko'rish qobilyati, birinchi pas va ikkinchi qavatda to'pni yutib chiqish jihatlari ancha yaxshi edi”, deydi Ganning birinchi murabbiyi Bruno Barbari. 

Siril istiqbolli o'yinchi sanalardi va hatto Montagu xalqaro turniri uchun Vendee departamentining yoshlar jamoasiga chaqirilgan. Yillar davomida ushbu turnirda Krishtianu Ronaldu, Terri Anri, Karim Benzema kabi yulduzlar ham ishtirok etgan. Gan kelajakda etuk futbolchi bo'lishi mumkin edi, biroq 16 yoshida to'satdan futbolni tashlab qo'ydi. “U beparvo futbolchi edi. Yaxshi o'ynashi uchun doim unga baqirishim kerak bo'lgan. Siril kayfiyat futbolchisi hisoblangan”, degandi Barbari. “Men ruhiy jihatdan kuchli emasdim. Hayotdan nima xohlayotganimni bilmasdim. Ota-onam kasbimni davom ettirishimni istashmadi”, deya tan olgan jangchining o'zi. 



SHunday bo'lishiga qaramay, franciyalik sportchi futbolni tamoman yig'ishtirib tashlagani yo'q. 2021 yilda u “Marsel” faxriylari va futbol afsonalari o'rtasidagi xayriya o'yinida ishtirok etdi. Gan Dide Drogba, Yans Lemann, Esteban Kambiasso, Robert Pires, Marsel Desayli va Samir Nasri kabi taniqli futbolchilar bilan birga maydonda to'p tepgandi. Uchrashuvda u gol ura olmadi, ammo Yaya Ture uslubidagi yugurish bilan tomoshabinlar yodida qoldi. 



Siril FIFAni xush ko'radi. Uning Mbappe bilan aloqalari ham yaxshi hamda Franciya terma jamoasining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. Qatarda bo'lib o'tgan JCH finalidagi mag'lubiyatdan so'ng jangchi shunday degandi: “Biz o'z o'yinimzni topib olgandik, ammo kech bo'lgandi. Bu terma jamoa hali yosh. Franciyaning kelajagi porloqligigi ishonaman. Mbappe mening yaqin do'stim va janglarimda qatnashishni istaydi, biroq uning taqvimi juda tig'iz. Umid qilamanki, bir kuni bu ish sodir bo'ladi”, deydi sportchining o'zi.


sports.ru sayti asosida Habib Jo'raboev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing