So’nggi yangiliklar

13:30Флойд Мэйвезер яна жанг қилади. Рақиб ва жанг санаси маълум 0 13:09Хабибнинг жамоадоши солиқ борасидаги қарздорлик ҳақидаги хабарга изоҳ берди 0 12:45Дана Уайт Жон Жонснинг рақиби ўзгармаслигини тасдиқлади 0 12:23Бугун Суперлига 7-туридан ўрин олган сўнгги учрашув бўлиб ўтади 0 12:02Мария Саккари учун Рим "таътиллари" якунланди 0 11:41Макгрегор - Чендлер жанги ўтказилмай туриб, даромад бўйича UFC рекордини янгилади 0 11:20Бироз аввал Хабаровскда бокс бўйича нуфузли халқаро турнир старт олди 0 10:59БАА Про лигаси. Эркинов пенальти ишлаган ўйинда "Ал Ваҳда" йирик ғалабани қўлга киритди 0 10:38Рим WTA 1000. Соболенко Свитолинани мағлуб этди 0 10:17Ислам Махачев Белал Муҳаммад билан бирга машғулот ўтказяпти + ФОТО 0 09:56Фьюри — Усик жанги рефериси маълум 0 09:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси "Ривожланиш кубоги" чемпиони! 0 09:14Жаҳон чемпионатида муваффақиятли қатнашган пара каноэчиларимиз тантанали кутиб олинди 0 08:53Рим "Мастерс". Амалдаги чемпион иродали ғалабага эришди 0 08:32Байдарка ва каноэчиларимиз Туябўғизда тайёргарликни давом эттиришмоқда 0

07 noy 18:39
Yangiliklar

Boks/MMA

TAVSIYA QILAMIZ: Kaneloda qancha pul bor? Va u qanday qilib boksdan bu qadar ko'p pul topadi?

Teglar :  Saul AlvaresForbes
Forbes reytingining eng yaxshi 10 taligidagi yagona jangchi.

Saul Alvares 2005 yilda - 15 yoshidayoq professional bokschiga aylandi. Bugungi kunda Alvares dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi sportchilardan biri hisoblanadi.

May oyida u Forbes reytingiga kiritilib, beshinchi o'rinni (110 million dollar) egalladi - kuchli o'ntalikdagi yagona jangchi va kuchli 50talikdagi ikki bokschining biri (Entoni Joshua 28-o'rinni band etdi).

Xo'sh, Kanelo qancha va qanday maosh oladi?


2018 yilda Alvares rekord darajadagi summaga shartnoma imzoladi. Ko'pchilik uni Floyd Meyvezer bilan taqqoslaydi

2018 yil oktabr oyida Kanelo DAZN striming xizmati bilan sport tarixidagi rekord bo'lgan besh yillik shartnoma imzoladi, unga ko'ra u 11 ta jang uchun kamida 365 million dollar olishi kerak edi. Hamkorlikning birinchi yilida Kanelo ikkita jang o'tkazdi: Rokki Filding va Deniel Jeykobs ustidan qozonilgan g'alaba qozondi va 94 million dollarga ega bo'ldi. Bu summa uning Forbes talqiniga ko'ra eng ko'p maosh oluvchi sportchilar ro'yxatida to'rtinchi o'rinni egallashiga imkon berdi.

Hamkorlikning davom etishiga koronavirus pandemiyasi to'sqinlik qildi. Sergey Kovalyovni (35 million dollardan ko'proq daromad keltirgan) mag'lub etganidan so'ng, Kanelo bir yildan ortiq vaqt davomida ringga chiqmadi - o'z karerasini qayta tiklash istagi uni nafaqat DAZN, balki promouter Oskar De bilan ham shartnomani bekor qilishga undadi. Alvares hattoki 280 million dollar miqdorida tovon puli talab qilgan, biroq sud bu davoni rad etgan.

DAZNni tark etish Kaneloning gonorarlariga katta tasir ko'rsatmadi. Keyingi yili u to'rt marta jang qilib, jami 90 million dollarga yaqin daromad oldi va Forbes reytingiga qaytdi.


Ammo Alvares uchun katta ko'p miqdordagi gonorarlar 2022 yil keldi. Dmitriy Bivol va Gennadiy Golovkin bilan janglar rekord darajada - 110 million dollar keltirdi. Bivoldan mag'lubiyatga uchraganiga qaramay, Alvaresning gonorarlari o'sishda davom etmoqda - xabarlarga ko'ra, u Jermell CHarlo bilan jang uchun 50 million dollardan ko'proq olgan. 

Umuman olganda, Alvares faoliyati davomida taxminan 550 million dollar ishlab topgan - ko'pchilik uni allaqachon Floyd Meyvezer bilan solishtirmoqda. Bu haqda gapirishga hali erta ko'rinadi - pullik translyaciyalar (PPV) savdosi ko'rsatkichlariga nazar solamiz. Misol uchun, Meyvezerning Menni Pakyao bilan jangi meksikalikning faoliyatidagi eng muvaffaqiyatli uchta jangni jamlagandan ko'ra ko'proq daromad keltirdi – Meyvezer hamon eng daromadli bokschi bo'lib turibdi.

Floyd butun faoliyati davomida bir milliard dollardan ko'proq daromad olgan. Meyvezer Alvaresning DAZN bilan rekordli shartnomasi haqida gapirdi: «Besh yildan keyin Kanelo men Konor Makgregor bilan bitta jangda olganimdek ko'p pul oladi. Menga 28 daqiqa vaqt ketdi».

SHunga qaramay, Saul dunyodagi eng ko'p maosh oluvchil faol bokschi bo'lib qolmoqda. Ammo Kanelo pul uning asosiy maqsadi emasligiga ishontirishga harakat qiladi: «Men bu haqda bir necha bor gapirganman. Albatta, gonorarlar yaxshi. Lekin men odamlar uchun, oilam uchun jang qilaman. Bilaman, boks katta tavakkalchilik bilan bog'liq, ammo bu erda pul umuman muhim emas».


Kanelo - muvaffaqiyatli biznesmen: uning restorani bor, yoqilg'i quyish shoxobchalariga egalik qiladi va ko'chmas mulkka sarmoya kiritadi

Kanelo boyligining katta qismini ringda ishlab topgan. Ammo u boksdan tashqarida ham muvaffaqiyatga erishadi - tadbirkorlik faoliyati unga har yili millionlab dollar olib keladi. Asosiy loyihalardan biri Canelo Energy yoqilg'i quyish shoxobchalari tarmog'idir. Kompaniya hozirda bokschining vatani - Gvadalaxarada to'rtta yoqilg'i quyish shoxobchasiga ega, biroq Kanelo butun Meksika bo'ylab brendni rivojlantirishni va shoxobchalar sonini 100 taga etkazishni rejalashtirmoqda.

Alvares restoran biznesiga ham qiziqadi - u meksika taomlari tayyorlanadigan restoranga ham ega. Muassasa 2014 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda va Zapopan shahri aholisi orasida mashhur. Kanelo yaqinda El Pastor Del Rika'ni Amerika bozoriga olib kirishni rejalashtirayotganini aytdi - navbatdagi filial bu yil San-Diegoda ochiladi.

Kaneloning yana bir biznesi bu spirtli ichimliklar sotish. Bir necha yillardan beri u francuz konyagi - Hennessy bilan hamkorlik qilib, kompaniya ambassadori vazifasini bajarib kelmoqda. 2022 yilda esa u spirtli kokteyllar brendi - VMC ni chiqardi. Tekila asosidagi ichimliklar nafaqat Meksikada, balki AQSHda ham sotiladi.

Kanelo o'zining kiyim-kechak do'koniga ega: u futbolkalar, qalpoqlar va hatto o'zining sevimli mashg'uloti bo'lgan golf uchun aksessuarlar sotadi. U ko'chmas mulkka ham faol sarmoya kiritadi - Saulning so'zlariga ko'ra, investiciyalar yiliga 20 million dollarga yaqin daromad keltiradi.


Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing