So’nggi yangiliklar

10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0

13 iyu 14:25
Yangiliklar

Sport kurashlari, Tennis, Futbol, Voleybol, Tokio-2020

Taymazov, Messi va Olimpiadaga bormaydigan boshqa yulduzlar

Ushbu sportchilar Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarini tomoshabinlar qatorida kuzatib borishadi.


Mariya SHarapova



Mamlakati: Rossiya

Sport turi: Tennis

Yutuqlari: Olimpiada vice-chempioni, "Ulkan toj" turkumidagi turnirlarning 5 karra g'olibi

Qatnashmasligining sababi: Xalqaro tennis federaciyasi doping mojarosi sababli uni 2 yilga tennisdan chetlatgan



Kobi Brayant



Mamlakati: AQSH

Sport turi: Basketbol

Yutuqlari: Ikki karra Olimpiada chempioni, 5 karra NBA g'olibi

Sababi: "Leykers" himoyachisi faoliyatini yakunladi. Yil boshida esa quyidagi gaplarni aytgandi: "Menda ikkita Olimpiada g'olibligi bor. Rioga yoshlar borishi kerak".




Lebron Jeyms



Mamlakati: AQSH

Sport turi: Basketbol

Yutuqlari: Ikki karra Olimpiya o'yinlari g'olibi, uch karra NBAda chempion.

Sababi: Jeymsning rejalari bir necha marotaba o'zgardi. Avvaliga u Rioga albatta bormoqchi ekanligini malum qildi. Keyin esa Kobi Brayant Olimpiadaga bormasligini bilganidan so'ng murabbiydan uni tarkibga kiritmasligini iltimos qildi.



Stefen Karri


Mamlakati: AQSH

Sport turi: Basketbol

Yutuqlari: Ikki karra jahon chempioni, NBA g'olibi.

Sabablari: Tizzasidagi jarohat, Zika virusi. Yaqinda ota bo'lishi kutilayotgan sportchi o'ziga virus yuqtirib olishni istamayapti.




Zlatan Ibragimovich



Mamlakati: SHveciya

Sport turi: Futbol

Yutuqlari: UEFA superkubogi sohibi, Gollandiya, Italiya, Ispaniya va Franciya chempionlari

Sababi: Zlatan SHveciya Olimpiya terma jamoasida 23 yoshdan katta bo'lgan 3 nafar futbolchidan biri bo'lishi lozim edi. Biroq, Evro-2016 o'yinlaridan so'ng u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini malum qildi.




Lionel Messi



Mamlakati: Argentina

Sport turi: Futbol

Yutuqlari: Jahon vice-chempioni, Kopa Amerikaning ikki karra vice chempioni, Ispaniya chempioni va kubogi sohibi, dunyoning bir necha marotaba eng yaxshi futbolchisi.

Sababi: Amerika kubogi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng Messi terma jamoada boshqa o'ynamasligini malum qildi. Buning ustiga unda 2008 yili Pekinda qo'lga kiritilgan Olimpiada oltin medali bor.



Ekatirina Gamova



Mamlakati: Rossiya

Sport turi: Voleybol

Yutuqlari: Olimpiadaning ikki karra vice-chempioni, ikki karra jahon chempioni.

Sababi: May oyida kutilmaganda faoliyatini yakunlaganini malum qildi va terma jamoa saviyasida o'ynay olmasligini aytib o'tdi.



Artur Taymazov



Mamlakati: O'zbekiston

Sport turi: Erkin kurash

Yutuqlari: Uch karra Olimpiada g'olibi, ikki karra jahon chempioni

Sababi: Jarohatlar sababli faoliyatini yakunladi.  O'tgan yili noyabr oyidayoq u bu haqida malum qilgandi: "Jiddiy operaciyalar sabab juda ko'p vaqtni o'tkazib yubordim. SHifokorlar mashq qilishimni taqiqlab qo'yishdi. Qolgan vaqt mobaynida Olimpiadada ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko'ra olmayman. Turist sifatida borishdan hech qanday mano ko'rmayapman".


Xorijiy saytlar asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
23 iyu 22:52:59
Sardor
Ilhomdo_2000 foydalanuvchining fikriga javob berish
Agarda, Artur oka yana bir bor Olimpiada o`yinlarida ishtirok etib oltin medalni qo`lga kiritganida mutloq rekordchi bo`lib olgan bo`lar edi!
to'ppa-to'g'ri u hozirgi ahvolida ham olimpiadaga borsa yutadi.
   
14 iyu 01:07:51
Ilhomdo_2000
Agarda, Artur oka yana bir bor Olimpiada o`yinlarida ishtirok etib oltin medalni qo`lga kiritganida mutloq rekordchi bo`lib olgan bo`lar edi!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing