So’nggi yangiliklar

17:25Махачев UFC 302 турниридаги жанги олдидан Порьега мурожаат қилди 0 17:01UFC Саудия Арабистонида ҳам катта турнир ташкил этади 0 16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0

11 may 09:33
Yangiliklar

Boshqalar, Regbi

“Temurbeklar maktabi” o'quvchilari uchun mahorat saboqlari o'tkazildi

Teglar :  Temurbeklar maktabi
Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liceyi tom manoda yurtimizning ertangi mard va jasur o'g'lonlarini tarbiyalaydigan maskanga aylandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bu dargohda tarbiyalanayotgan yoshlarning jismonan sog'lom bo'lib etishishlarida o'z hissasini qo'shmoqda.

Toshkent shahrida joylashgan “Temurbeklar maktabi” o'quvchilari o'rtasida sportni ommalashtirish, ularni har tomonlama barkamol, kelajakda harbiy xizmatga jismonan va ruhan matonatli jasur xodim sifatida tarbiyalash, shuningdek, maskanga etakchi murabbiy va sport mutaxassislarni jalb etgan holda sport sekciyalarini tashkil etish, natijada xalqaro miqyosida o'tkaziladigan harbiy sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun istiqboli yosh harbiy sportchilar zaxirasini yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi o'rtasida hamkorlik bitimi imzolangan.

Mazkur bitim ijrosini taminlash maqsadida “Temurbeklar maktabi” tarbiyalanuvchilari Mirzo Ulug'bek tumani 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida tashkil etilgan “Mahorat saboqlari” tadbirida ishtirok etishdi. Unda etakchi sport ustalari tomonidan sportning boks, qo'l jangi, sambo, dzyudo va erkin kurash kabi yakkakurash turlari, suzish bo'yicha master klasslar namoyish etishdi.

Kelajakda o'quvchilar o'zlarining qiziqishlari asosida maqul sport turlari sekciyalariga azo bo'lishadi hamda muntazam ravishda o'quv mashg'ulotlarida ishtirok etishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing