So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

12 apr 13:52
Yangiliklar

Gandbol

Terma jamoaga nomzodlar saralanadi

Samarqand shahrida ayollar jamoalari o'rtasida gandbol bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2-davra bahslari bo'lib o'tmoqda.

Olmaliqning OTMK jamoasi 14 ochko, O'zbekiston yoshlar milliy terma jamoasi Toshkent shahri 12 ochko, Andijon IOZMI 10 ochko xamda Samarqandning Bulung'ur jamoasi 8 ochko bilan peshqadamlar safida bormoqdalar.

8 ta jamoa ishtirokida o'tayotgan mazkur chempionatda 2000-2001 yillarda tug'ilgan qizlardan iborat O'zbekiston terma jamoasi Mo'g'ulistonda o'tkaziladigan qita birinchiligi – Xalqaro “Trofi kubogi” bellashuvlariga tayyorgarlik ko'rish maqsadida konkursdan tashqari ishtirok etmoqda.

 - CHempionat bahslari to'rt davradan iborat bo'ladi, - deydi O'zbekiston gandbol federaciyasi ijrochi direktori Midxat Bikmetov. – Birinchi davra Olmaliqda o'tkazilgan edi. Samarqandda o'tkazilayotgan bahslar ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Musobaqaning 3-davra bahslari Namanganda, yakuniy 4-davra Toshkent shahrida o'tkaziladi.

Bundan maqsad jamoalarga qulaylik yaratish va joylarda mazkur sport turini ommalashtirishdan iborat. Ushbu musobaqa mamlakat terma jamoasi azolari holatini aniqlash va yangi nomzodlarni saralash imkonini beradi. CHunki joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida ayollar terma jamoasi Tokio olimpiadasi yo'llanmasi uchun o'tkaziladigan qita birinchiligida ishtirok etadi.

Gandbol bo'yicha mamlakat chempionatining 2-davra bahslari 14 aprelga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing