So’nggi yangiliklar

13:58"Ман Сити" ва МЮ Англия суперкубоги соврини учун қачон ўйнайди? 0 13:36Расман! Дана Уайт яна бир қизиқарли жангни эълон қилди 0 13:1520 ёшли теннисчи ўз юртида биринчи титулини қўлга киритди 0 12:53Шаҳрам Ғиёсов Кроуфорднинг Мадримовдан ягона устун жиҳатини айтди 0 12:31ОЧЛ. "Ал Айн" биринчи ва охирги чемпион 0 12:10European Cup 2024. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:48Каспер Рууд - учинчи бор Geneva Open ғолиби! 0 11:29Акбар Жўраев ва Ригина Адашбаева Париж-2024 ёзги Олимпия ўйинлари йўлланмасига эга чиқишди 0 11:27Жаҳон чемпионатида сенсация - амалдаги чемпион Канада финалга чиқа олмади! 0 11:06Футзал. Бугун Жаҳон чемпионатига қуръа ташланади 0 10:45"Тарих яратиш учун!". Исроил Мадримов Кроуфорд билан жангга тайёрланиш учун АҚШга йўл олди (ФОТО) 0 10:39Камару Усман Дастин Порьенинг Ислам Махачевдан устун жиҳатини айтди 0 10:28Киз - Страсбург турнири чемпиони! 0 09:56Исроил Мадримов: «Вақти келди» 0 09:35Мбаппе ПСЖдаги сўнгги ўйинида Франция кубогини қўлга киритди! 0

16 mar 18:51
Yangiliklar

Kurash

Termizda kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi yakunlandi + FOTOGALEREYA

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.

Musobaqaning so'nggi kuni og'ir vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi. Ko'pchilikning etibori erkaklar o'rtasidagi eng og'ir vazn toifasiga qaratildi. Nomdor kurashchimiz, bir necha karra jahon va Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Muhsin Hisomiddinov bu safar bronza medali bilan kifoyalandi. U yarim finalda xorazmlik Jamshid Baxtiyorovga yutqazib qo'ydi. Ushbu vaznda oltin medal sobiq dzyudochimiz Muhammadkarim Hurramovga nasib etdi.  

-100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda ham dzyudochi g'oliblik shohsupasiga ko'tarildi. kuni kecha Toshkent "Katta Dubulg'a" turnirida ishtirok etgan SHermuhammad Jandriev finalda samarqandlik Asror Hamidovdan ustun keldi. 


So'nggi kun g'olib va sovrindorlari:

-78 kg vazn toifasi

1. Filura Ergasheva (Qashqadaryo)

2. Ravzaxon Adasheva (Toshkent shahri)

3. Gulina Obloqulova (Navoiy)

3. Sevinch Mahmudjonova (Sirdaryo)


-87 kg  vazn toifasi

1. Pokiza Kamoliddinova (Toshkent viloyati)

2. Feruza Xo'rozova (Samarqand)

3. Sabina Abbosova (Jizzax)

3. Sevara Husenova (Navoiy)


+87 kg vazn toifasi

1. Yulduz Muhammadieva (Surxondaryo)

2. Durdona Abdujabborova (Toshkent viloyati)

3. Marjona Ro'zieva (Buxoro)

3. Xosiyat Masharipova (Xorazm)


-100 kg  vazn toifasi

1. SHermuhammad Jandriev (Surxondaryo)

2. Asror Hamidov (Samarqand)

3. Jasurbek Xudoynazarov (Surxondaryo)

3. Mirjalol Normo'minov (Jizzax)


+100 kg vazn toifasi

1. Muhammadkarim Xurramov (Surxondaryo)

2. Jamshid Baxtiyorov (Xorazm)

3. Muhsin Hisomiddinov (Surxondaryo)

3. Nurbek To'raev (Buxoro)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing