So’nggi yangiliklar

10:17Ислам Махачев Белал Муҳаммад билан бирга машғулот ўтказяпти + ФОТО 0 09:56Фьюри — Усик жанги рефериси маълум 0 09:35Ўзбекистон U-14 терма жамоаси "Ривожланиш кубоги" чемпиони! 0 09:14Жаҳон чемпионатида муваффақиятли қатнашган пара каноэчиларимиз тантанали кутиб олинди 0 08:53Рим "Мастерс". Амалдаги чемпион иродали ғалабага эришди 0 08:32Байдарка ва каноэчиларимиз Туябўғизда тайёргарликни давом эттиришмоқда 0 08:11Ўзбекистон ОТЖ Тошкентда яна бир Олимпиада йўлланмаси соҳибига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади 0 07:50Нурсултон Рўзибоевнинг жанги хорижий телеканал томонидан эътироф этилди 0 07:29Фьюри ва Усикнинг жангдан қанча пул ишлаб олишлари маълум бўлди 0 07:08Самбо. Осиё-Океания чемпионатининг илк кунида медаллар шодаси 0 19:27Эрик тен Хаг "МЮ"нинг ривожланишига нима тўсқинлик қилаётганини айтди 0 19:06Жервонта Дэвис Ломаченкога қарши жанг қилмоқчи 0 18:45Хоакин Бакли асосий мақсади Нурсултон Рўзибоевни нокаут қилиш бўлганини айтди 0 18:24Боб Арум Ломаченконинг навбатдаги жанги ҳақида гапирди 0 18:03"Лейпциг" ҳужумчиси "Милан"га ўтишга рози 0

28 apr 17:25
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

Teglar :  Timur Kapadze
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va futbolchi Umarali Rahmonaliev Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Bunday bosqichga qadar etib kelganimizdan xursandmiz. Ertangi o'yinga tayyormiz va barcha futbolchilar sog'lom. Ertangi uchrashuvning intiqlik bilan kutayapmiz.

Umarali Rahmonaliev

- O'yin haqida

- Murabbiyimiz takidlab o'tganlaridek bunday musobaqada uzoqqa borish yaxshi. Ertangi o'yinga bor salohiyatimiz va etiborimizni qaratganmiz. Uchrashuvga tayyormiz.

- Jamoangiz musobaqada yuz foizlik natija qayd etilmoqda. Bunday natijani yarim finalda ham davom ettira olasizlarmi?

- Bu turnirda har bir o'yin o'ziga yarasha qiyin va murakkab bo'ldi. Ayniqsa o'tgan uchrashuv juda principial va murakkab edi. Ertangi uchrashuv ham oson kechmaydi, ammo biz tayyormiz va ertaga g'alaba qozonishni istaymiz.

Umarali Rahmonaliev

- 20 yoshgacha bo'lgan Osiyo chempionatida terma jamoa sardori sifatida musobaqada g'olib bo'lgandingiz. Bundan avvalgi musobaqada to'plagan tajribangiz sizga qanchalik yordam bermoqda? Saudiya mag'lub etilgan jamoaga yana ishonch qo'shdimi?

- Bunday oldin ko'plab musobaqalarda qatnashganimiz va bu bizga katta foyda keltirdi. Biz o'tgan uchrashuvdan unutib va qo'shimcha ishonch to'plab keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Saudiyaga qarshi juda muhim g'alabani qo'lga kiritdik. Biz o'z kuchimizni va hissiyotlarimizni etarlicha saqlab qoldik. Ertangi uchrashuvda yana ishonch va hissiyotlar bilan maydonga tushamiz.

Futbolchilik faoliyatingiz davomida Koreyada o'ynagansiz. O'sha vaqti SHi Te Yong boshqa jamoada bosh murabbiy edi. SHi Te Yongning Futbolchilik va murabbiylik faoliyatini eslay olasizmi va u haqida qanday fikrdasiz?

- O'zim Koreyada bir necha yil davomida o'ynaganman. Koreys xalqinining urf odat va yashash tarzini yaxshi bilaman. Futbolchilik faoliyatimda davomida ko'p marotaba Koreya bilan to'qnash kelganman. Ularning futbol falsafasidan yaxshi bilaman va ularning kuchli jihatlaridan xabardorman. Ertangi uchrashuvga har tomonlama tayyormiz.

- Ertangi uchrashuvda 90 foiz muxlislar Indoneziya terma jamoasini qo'llab quvvatlaydi. Futbolchilaringizga bu qanchalik bosim o'tkazishi mumkin?

- Avvalgi uchrashuvlarda Indoneziya terma jamoasining muxlislari o'z milliy jamoasini qanday qo'llab quvvatlashini bilib oldik. Lekin bu biz uchun muammo bo'lmaydi, Osiyo o'yinlarida ham Indoneziyaga qarshi o'ynaganimizda shunday holat bo'lgan edi. Futbolchilar har tomonlama uchrashuvga tayyor.

Umarali Rahmonaliev

- Rossiya chempionatiga ko'chib o'tganingizga bir yarim yildan vaqt bo'ldi. Rossiya chempionatida orttirgan tajribangiz ushbu musobaqa qanchalik qo'l kelmoqda?

- "Rubin" jamoasidan o'ynab ko'p tajriba to'pladim. Klubimda to'plagan tajribamni jamoadoshlarim bilan bo'lishmoqdaman. Rossiya chempionati ham ancha kuchli deb o'ylayman.

Umarali Rahmonaliev

- O'tgan 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Indoneziyaga qarshi o'ynagan edingiz. O'tgan yili kuzda o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida ham Indoneziyaga qarshi o'ynadik. Indoneziyalik futbolchilarning darajasiga qanday baho berasiz? Futbolchilar o'rtasidagi daraja qanchalik katta yoki raqib futbolchilarining mahorati biz bilan tengmi?

- Indoneziya futboli so'ngi yillarda katta o'sishga erishdi deb o'ylayman. Raqibning o'yinlarini o'rganganmiz va bilamiz. Saudiyaga qarshi o'yindan keyin, Indoneziyani tahlil qilishni boshlagan edik. Ular yarim finalga qadar etib kelgani, ularning kuchli jamoa ekanligiga isbot bo'la oladi.

- O'zbekiston terma jamoasining aynan bu avlodi natija qayd etish bo'yicha etakchi. Avvalgi avlodlar esa muhim o'yinlarda ko'p marotaba yaxshi natija qayd eta olishmagan. Bu avlodda esa aksincha, bunga sabab nima deb o'ylaysiz? Balki futbolchilarning o'yinga tayyorgarlik ko'rishi, ularning o'ziga bo'lgan ishonchi va ruhiy holati bo'lishi mumkindir. Saudiyaga qarshi principial g'alabadan so'ng barcha futbolchilar xotirjam va bor etiborini keyingi uchrashuvga qaratgan edi.

- Har bir avlodning kuchli futbolchilari bo'ladi. Hozirgi avlodda natijalar yaxshiroq deb o'ylayman. Bunga sabab biz yaratgan tizim deb o'ylayman. SHuningdek, yillar davomida to'plangan tajribadan samarali foydalanmoqdamiz. Eski xatolarimizdan xulosa chiqardik. Ishonch, kuch va o'yin sifati bo'yicha ham o'sishga erishdik. Bunday tizim tuzish oson bo'lmaydi. Eng asosiysi, barcha vatan uchun o'ynamoqda.





Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing