So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

23 apr 07:12
Yangiliklar

Futbol

Timur Kapadze Vetnam bilan o'yin oldidan: "Husanovni o'ynatishimiz ehtimoli yuqori. Abbosni esa..."

Teglar :  Timur Kapadze
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze Vetnamga qarshi uchrashuv oldidan championat.asia saytiga intervyu berdi

- Vetnam bilan bo'lib o'tadigan uchrashuv haqidagi fikrlaringiz? Vetnam jamoasini o'rganib chiqish ulgurdingizmi?

- Guruh bosqichidagi so'ngi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqdamiz. So'nggi mashg'ulotni o'tkazamiz. Eng asosiysi barcha o'yinchilar sog' salomat va hech qanday jarohatlar yo'q. Reja bo'yicha tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. O'ylaymanki, uchrashuvga tayyormiz.

- Legionerlarimiz bugun terma jamoa ixtiyoriga etib kelishdi va tarkibimiz to'ldi. Siz istagan barcha futbolchilar jamoaga yordam bera olishadi, endi barchasini siz hoxlagandek bo'ldimi? Abduqodir va Abbosbeklar tarkibimizda bo'lishi siz uchun qanchalik katta ahamiyatga ega edi?

- Abduqodir va Abbosbek nafaqat olimpiya terma jamoasi va men uchun muhim futbolchilar, ular asosiy terma jamoada ham o'z o'rniga ega bo'lib ulgurishdi. Bunday futbolchilarning jamoamizga qo'shilganidan xursandmiz. Umid qilamanki, ikki legionerimiz ham jamoaga katta foyda keltiradi. Eng muhimi, ikki futbolchi sog' salomat holatda safimizga qo'shilishdi. Kecha to'liq tarkibni yig'dik va oldindagi eng asosiy o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Oldimizga qo'ygan maqsadimiz bor va maqsadimizga erishishimiz kerak.

- Husanov va Fayzullaevni uchrashuvda maydonda ko'rishimiz mumkinmi yoki ularni chorak final bahsida ishtirok etish uchun zaxirada qoldirasizmi?

- Vaziyatga qarab ish tutamiz. Abduqodirni o'ynatsak kerak, sababi u o'z klubining so'ngi uchrashuvida ishtirok etmadi. Husanov o'zini yaxshi his etmoqda va unga imkoniyat berishimiz kerak. Fayzullaevga esa ikkinchi bo'limda imkoniyat berishimiz mumkin. Rotaciya qilishda davom etamiz, sababi futbolilar har bir bahs avvalidan jismoniy holati yaxshi bo'lishi kerak.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing