So’nggi yangiliklar

14:37Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионатидаги юришимизни ғалаба билан бошлаб берди, уч дзюдочимиз эса... + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:16Яна бир боксчимиз Париж-2024 Олимпиадасига лицензия олди 0 14:05"Бавария"ни ҳеч ким бошқаришни истамаяпти. Яна бир мураббий рад жавобини берди 0 13:44Фьюри фаолиятида саккизинчи маротаба нокдаун ҳолатига тушиб қолди 0 13:21"Усик P4P рейтинги етакчиси бўлиш учун даъвогар" - Кроуфорд 0 13:00"Қирол қайтиши мумкин". Собиқ чемпион октагонга қайтишга шаъма қилди 0 12:39"Манчестер Сити" ёки "Арсенал". Бугун АПЛнинг сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади 0 12:18Конор Макгрегор машғулот лагеридаги суратларни тақдим этди + ФОТО 0 11:57Қозоғистонлик жангчи икки ўзбек ММАчисига "вызов" ташлади 0 11:36Олимпиада-2024 лицензианти Бекзод Абдураҳмонов Парижга бормаслиги мумкин 0 11:15"Байер" раҳбарияти футболчиларга чемпионлик узуклари тақдим этди + ФОТО 0 10:54Усик Тайсон Фьюрининг реванш ҳақидаги сўровига 4 та сўз билан жавоб берди 0 10:33Усик — Фьюри жангининг ҳакамлар ҳужжатидан кўчирма + ФОТО 0 10:12UFC Fight Night 241 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 09:51МЛС. Сўнгги дақиқаларда киритилган гол "Интер Майами"ни пешқадамга айлантирди 0

28 noy 14:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Tokio-2020. Boks janglarini baholash tizimida yangilik malum qilindi, Rio Olimpiadasida ishlagan hakamlar esa faoliyat olib bormaydi

Boks yurtimizda eng sevimli sport turlaridan biri ekani sir emas.

Barchamiz hamyurtlarimiz ishtirokidagi janglarni katta hayojon bilan kuzatib boramiz. Ayniqsa, har bir raund yakuniga etgach hakamlarning bokschilarga qanday ochko berganini hamma katta hayajon bilan bilishni istaydi. 

Xalqaro Olimpiya qo'mitasining boks bahslarini o'tkazish va nazorat qilib borish uchun tuzgan komissiyasi yangi qaror qabul qildi. Unga ko'ra, Tokio Olimpiadasining saralash bahslari va Olimpiya o'yinlarida o'tkaziladigan janglarda hakamlarning bokschilar uchun bergan ochkolari har bir raund yakunida elon qilib boriladi. Bu holatga Rio Olimpiadasi vaqtida ham guvoh bo'lgan edik.  

Morinari Vatanabe boshchilik qilayotgan maxsus komissiya ochkolarning bunday elon qilinishiga baholanish mezonining shaffof va adolatli bo'lishi kerakligi bilan izoh bermoqda. XOQning malum qilishicha, bunday qaror sportchilar bilan o'tkazilgan konsultaciyadan so'ng qabul qilingan. Yana bir etiborli jihati shundaki, maxsus komissiyaning qaroriga ko'ra, Rio Olimpiadasining boks bahslarida ishlagan referilar yangi Olimpiya o'yinlari saralash musobaqalari va Tokio-2020da faoliyat olib bora olmaydi, deb xabar bermoqda MOQ matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Osiyo qitasi va jahon miqyosida Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi boks turnirlari kelasi yilning 3-14 fevral kunlari Xitoyning Uxan, 13-24 may kunlari esa Franciyaning Parij shaharlarida o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing