So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

30 iyu 16:13
Yangiliklar

Tokio-2020

Tokio-2020. Dzyudochimiz 7-o'rin, Rayhona chorak finalga chiqdi va boshqa natijalar

Teglar :  Tokio-2020
Bugun, 30 iyul kuni Olimpiadaning ettinchi kun bahslari o'tkazildi.

Kun davomida Olimpiadada ishtirok etgan o'zbekistonlik sportchilarning ishtiroklariga oid malumotlarni ushbu sahifada onlayn ravishda kuzatib borish mumkin bo'ldi. 

Dzyudo: Bekmurod Oltiboev (7-o'rin)

Boks: Bobousmon Baturov (chorak finalda mag'lub bo'ldi)

Boks: Rayhona Qodirova (1/8 finalda g'alaba qozondi)

Engil atletika: Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash) (o'z guruhida 16 sportchi ichida 14-o'rin)

Suzish: Natalya Kritinina (o'z guruhida 8 sportchi ichida 8-o'rin)


SHu tariqa o'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid matnli translyaciya yakuniga etdi. 


16:08. Roksana Xudoyarova uch xatlab sakrash bahslarida 13,02 metr natija ko'rsatdi va 14-o'rinni egalladi. Demak, u ikki guruh bahslariga ko'ra kuchli 12 nafar sportchi ichiga kira olmadi.


15:33. Suzuvchimiz Natalya Kritinina 50 metrga erkin usulda suzish bahslarida o'z guruhida oxirgi o'rinni egalladi. U 26.93 natija ko'rsatdi.


15:04. Engil atletikachimiz Roksana Xudoyarova uch xatlab sakrash bahslarini boshladi. U 17 nafar ishtirokchi bor ichida A guruhida bahslarga kirishgan. B guruhida ham 17 nafar sportchi ishtirok etmoqda. Uchta urinish yakuniga ko'ra, 34 nafar sportchidan eng yaxshi natijani ko'rsatgan 12 nafari finalga yo'l oladi.


13:37. Kunni medalsiz yakunlashimiz aniq bo'lib ulgurdi. Sababi, bugun faqatgina engil atletika va suzish yo'nalishida vakillarimiz qoldi. Ular saralash bosqichida qatnashishadi. 


13:32. Dzyudochimiz Bekmurod Oltiboev ukrainalik raqibga yutqazdi va bronza medalini olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.


13:30. Rayhona Qodirova kongolik raqibasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi. Endi u keyingi jangini braziliyalik Beatris Ferreyraga qarshi o'tkazadi.


13:14. Rayhona Qodirovaning kongolik Naomi Yumbaga qarshi jangi boshlanmoqda.


12:42. Kun davomida yana to'rt nafar hamyurtimizning ishtirokini kuzatishimiz mumkin: 

13:15 - Boks: Rayhona Qodirova

13:25 - Dzyudo: Bekmurod Oltiboev

15:05 - Engil atletika: Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash)

15:35 - Suzish: Natalya Kritinina


12:31. Tennis bahslarida Karen Xachanov ispaniyalik Bustani 6:3, 6:3 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi. Endi u g'oliblik uchun Jokovich - Zverev o'yini g'olibiga qarshi bahs yuritadi. 


10:10. Yana qaysi yo'nalishlarda medal uchun imkoniyatimiz bor? Tanishing: Tokio-2020. Qaysi sport turlarida kurashni davom ettiramiz?


9:26. Oltiboev endi o'tish jangida ukrainalik Yakiv Xammoga qarshi kurashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 13:30dan so'ng boshlanadi. 


9:24. Bekmurod Oltiboev Olimpiya o'yinlari chempioniga yutqazdi. Endi u bronza uchun kurashadi


9:08. Bekmurod Oltiboevning chorak final bahsiga oz qoldi. Raqib - Olimpiada chempioni, chexiyalik Lukash Krpalek.


8:54. Afsuski, Bobousmon Baturov britaniyalik Pet Makkormakka 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va o'z yurishini chorak finalda yakunladi.


8:35. Bir necha daqiqadan so'ng Bobousmon Baturov chorak final doirasida britaniyalik Pet Makkormakka qarshi bahs yuritadi. "Oilaviy" telekanali boks janglarini namoyish etmoqda. 


8:31. G'ALABA! Oltiboev 25 soniya ichida raqibini IPPON evaziga mag'lub etdi. Ajoyib. Bizda chorak final!


8:28. Bekmurod Oltiboevning jangi boshlanmoqda. Raqib ikki karra Olimpiya o'yinlari sovrindori, niderlandiyalik Xenk Grol.


8:01. Oltiboevning jangi kutilganidan biroz kechikmoqda. Bahs taxminan 8:20 dan so'ng boshlanadi.


7:48. Bu orada dzyudo afsonalaridan biri Teddi Riner isroillik raqibini qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi. 


7:37. Oltiboevning keyingi raqibi niderlandiyalik Xenk Grol. Uchinchi raqam ostida saralangan dzyudochi. Jang taxminan soat 8:05 dan so'ng boshlanadi.


7:34. Oltiboevda g'alaba! U bir necha soniyalar ichida mo'g'ulistonlik raqibini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichga yo'l oldi. 


7:22. Birozdan so'ng Bekmurod Oltiboevning bahsi boshlanadi. Undan oldingi bellashuvlarning aksariyati muddatidan oldin yakunlandi va shu sababli bahs kutilganidan oldinroq boshlanmoqda.


6:50. Assalomu alaykum hurmatli sport ishqibozlari. O'zbekistonlik sportchilarning ishtirokiga oid onlayn matnli translyaciyamizni boshlaymiz. 


30 iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar:

7:45 - Dzyudo: Bekmurod Oltiboev

8:35 - Boks: Bobousmon Baturov

13:15 - Boks: Rayhona Qodirova

15:05 - Engil atletika: Roksana Xudoyarova (uch xatlab sakrash)

15:35 - Suzish: Natalya Kritinina

Soatlar Toshkent vaqti bilan ko'rsatilgan

Poster muallifi: Muxtasar Umarova

Reyting: -2   

Fikrlar

+9   
30 iyu 10:03:44
Azizbek Rustamovich
Men bugun federatsiyadagilardan nega Sanjarni olib ketdinglar deb so‘radim. Ular biz reytingga qarab olgandik. Reytingda Sanjar birinchi o‘rinda turgan ekan olib ketavergandik, keyin bilsak biz reytingni teskari o‘qigan ekanmiz, Sanjar O‘zbekistonda eng past reytingda ekan, vatandoshlarimizga uzr deb qo‘ying, yeb qo‘yibmiz deyishdi. Unda Fanat nega bordi desam u yutuqni arra qilamiz degandi deyishdi. Hop unda Bobousmonchi desam, zaybal qilding blya, Bobousmon Prezidentni viloyatidanku deyishdi. Prezidentga paxta qo‘ymoqchi edik nomerimiz o‘tmadi deyishdi. Mana gap qayoqda ekan
+6   
30 iyu 09:11:18
Gaffarov Muzaffar
Bahrom Abdurahmonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Xattoki shu jangda ham 1 raund va 3 raund Bobousmon kichik hisobda bo'lsada ustun edi.
Bilmadimu shuncha payt xakamlani sokib keldim, lekin bugun tozza yutqazdi, birinchi raundni oxirida ketan ket zarbala utqizvordi shunga bermadi raundni, tentak bokschi ekan molga oxshab tashlanyapti, Anglichan taktichniy urib ketti, bizi murabbiyla xa malades deyishdan boshqasiga otnayapti, ringda bollaga suflyor emas jang jarayonida togri korsatma berish muximroq. Ochiqchasiga jang tizginini qoldan chiqarvordi
+6   
30 iyu 09:00:38
Azizbek Rustamovich
Bizda 63 69 75 81 91kg muammoli vazn bo‘lib qolmoqda. Potensialimiz bor. Lekin murabbiylar negadir o‘zlarini lyubimchiklarini olib ketaveradi. Iqboljon Bobousmondan doim kuchli bo‘lib kelgan. Halakov Elnurdan yaxshi. Saidjamshid Fanatni ko‘tiga tepadi. Sanjardan shu vazndagilarni hammasi yaxshi. Dilshodni endi bilmadim. SHaxram bilan Bektemirni o‘rni qanday bilinmoqda
+5   
30 iyu 09:31:41
Otabek Aliyev
Бобоусмон бокс тушдими, нима қилди тушунмадим. Жангни диққат билан кузасангиз англиялик аниқ зарбалар уряпди. Бобоусмон ҳар хил ифлос усуллардан фойдаланди. Бошини орқасидан урди, бокс қўлқоби ичи билан урди (хатто қошини ҳам бокс қўлқоб ичи билан уриб ёрди), елкаси билан, боши билан урди яна шунақанги ифлос қилиқлар билан жанг қилди.
+5   
30 iyu 09:26:09
Bahrom Abdurahmonov
Sport federatsiyalarini qattiq tekshirish kerak, yoshlarga yo'l ochish kerak, korruptsiyani yo'q qilish kerak
+4   
30 iyu 09:14:21
Bahrom Abdurahmonov
Shahram, Bektemir va yana boshqalar professionalga o'tdimi, oxirigacha to'liq o'shanda ketishi kerak. Qozoq, ruslarning qancha-qancha bokschilari professional ringda yuqori reytingda yuradi. Ular olimpiadaga kelishmaydiku? Meksikalik professionallar ham olimpiadaga kelib olsa nima qilasizlar)) O'zbeklar ham, kubaliklar ham muzqaymoq yeb ketdi))
+4   
30 iyu 09:08:11
Bahromjon
Naxotki boks federatsiyasi mutassaddilari, Olimpiya qo’mitasi vaziyatni ko’rib To’lqin Qilichovni ishdan bo’shatmayotgan bo’lishsa. Ahir O’zbekiston boksini orqaga tortyaptiku bu inson. Yoki kuchligi yetmasmikan?!Bizni sharmanda qilayapti To’lqin Qilichov!!!
+3   
30 iyu 09:52:56
Sport _ Muhlisi
Gaffarov Muzaffar foydalanuvchining fikriga javob berish
Sahaxram nomardam shou biznesga aralashmay vatan uchun shu olimpiada qatnashsa bolardi, soqqa bosa boldi bulaga
Oka sal bilmasdan gapirdizoooov. Sababi Shaxram olimpiadaga boraman dedi. Murabbiylar boboshshi tanlashvotgandi. Shaxram qarshilik qildi. Murabbiylar esa xøjakørsinga Shaxram va boboshshi ørtasida sparring jang qilib berishdi. Shaxram yutgan edi bahssi lekin **trener hakamla** øz lubimchigini obketishdi. Bahs YouTube platformasida bor agar kørmoqchi bøsez. Shaxram rosa qarshilik qildi. tølqin qilicev eesa uni yomonlashshi boshladi ketidan. Tak chto bu maģlubiyat haqli bokschi. boboshshi boks tugatib kalla qøyish bahslariga borsa bøladi bemalol. Cunki uni boksi faqat kalla qøyishdan iborat.
+3   
30 iyu 09:37:27
Boks boks
Шу Англичанни 2017 йил ЖЧ Шахром ютканди Ботуровта бокс йук 0
+3   
30 iyu 09:21:13
Bahrom Abdurahmonov
Bobo Usmonning "kir uslubi" doim yoqmagan. Doim shu boks deb atashga qiynaladigan uslubda jang qiladi. Shuning oldini olib, boshqa YOSH BOKSCHIni olib kelish shart edi. BARIBIR YUTQAZIB ketyaptiku! Dilshod Ro'zmetovni bilmadim-u, lekin Sanjar, Fanat, Bobo Usmon o'rniga YOSH BOKSCHILAR borishi shart edi! Olimpiadada YOSH BOKSCHILAR boradi. Professionallar emas.
+3   
30 iyu 09:07:56
Gaffarov Muzaffar
Bu boyda 100 fozi chesna yutqazildi, Bobousmon sanda taktika yoq, zarbalani sanchib tashladi anu anglichan
+2   
30 iyu 14:22:22
panasia
Dzyodan oltin olganmizmi uzi?
+2   
30 iyu 09:29:47
Bahrom Abdurahmonov
Hasanboy Moydinjonov foydalanuvchining fikriga javob berish
Кайси каналдан куйяпти
sport, endi bronza uchun qachon tushadi bilmayman
+2   
30 iyu 09:13:51
panasia
Oltinboyevni vaznidagilar ham kuchli ekan ayniqsa mana bu yapon
+2   
30 iyu 09:13:34
Boks boks
Азизбек тугри айтябсиз лекин бу 5-та веснинг эгаси бор булган акамиз Тулкин Кличев дегани
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing