So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

19 fev 15:31
Yangiliklar

Tokio-2020, Suv sporti turlari

Tokio-2020. O'zbekiston FINAning mantiqsiz qarori qurboni bo'ldimi yoki hali Olimpiada uchun imkoniyatimiz bormi?

Tasavvur qiling. Yanvar oyida futbol bo'yicha Tailandda Olimpiada licenziyasini taqdim etuvchi Osiyo chempionati boshlanmoqda.

Ammo, startga 1 hafta qolganida FIFA musobaqani bekor qiladi va Tokio Olimpiasi yo'llanmasini 2018 yilgi Osiyo o'yinlarining sovrindorlariga taqdim etadi. Bu erda musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar qanday ahvolda qolishadi? Futbolda bunday holat bo'lishini tasavvur qila olmaymiz, to'g'rimi?

Lekin, suv polosi bo'yicha Tokio-2020 Olimpiadasi yo'llanmasini taqdim etuvchi musobaqada shunday holat yuz berdi. Xitoyda tarqalgan xavfli koronavirus sabab Qozog'istonda o'tkazilishi lozim bo'lgan qitaviy licenzion musobaqa bekor qilindi. Aniqrog'i, Qozog'iston hukumati musobaqani qabul qilishni istamadi. 

Buning natijasida esa FINA (Xalqaro suzish federaciyasi) mantiqsiz qarorga keldi: Tokio licenziyasi 2018 yili Jakartada o'tkazilgan Osiyo o'yinlaridagi natijalarga qarab taqsimlanadigan bo'ldi. Erkaklar o'rtasida licenziya Qozog'istonga, ayollar o'rtasida esa Xitoyga Tokio Olimpiadasi chiptalari "sovg'a" qilindi. Ajoyib-a? Sen musobaqani o'tkazishni rad etasan va senga Olimpiada yo'llanmalari beriladi. Mayli, erkaklar terma jamoasi mavzusi biz uchun hozircha u qadar ahamiyatli emas. Yaqin yillar ichida ham ahamiyati bo'lmasa kerak. 

Biz uchun etiborli tomoni - ayollar o'rtasidagi licenzion musobaqa edi. Suv polosi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi uzoq vaqtdan buyon ushbu musobaqaga jiddiy hozirlik ko'rayotgandi. Qizlarimiz bir necha oylik xorijiy yig'inlarda ishtirok etishdi, xattoki ular xorij mamlakatlaridan birida milliy chempionatda ham qatnashishdi. Terma jamoaga Serbiyadan legioner murabbiy taklif qilindi. Ahir ushbu tayyorgarlik uchun ozmuncha harajat qilinganmidi? 


Lekin nima uchundir FINAning ushbu g'alati qarori yuzasidan O'zbekiston tomon munosabat bildirmadi. Nazarimizda, suv polosi bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi o'z imkoniyatidan foydalanishga harakat qilib ko'rishi lozim edi. Balki bu borada muzokaralar olib borilayotgandir, yuqori tashkilotga murojaatlar bo'lgandir. Unisidan xabarimiz yo'q. Lekin, FINA tomonidan qabul qilingan qaror musobaqaga hozirlik ko'rayotgan terma jamoalar uchun adolatsizlik bo'ldi. Xorijiy nashrlarni kuzatar ekanmiz, Eron ushbu qarordan jiddiy norozi bo'lgani haqida maqolalarga ko'zimiz tushdi.



Malumot o'rnida, Tokio Olimpiadasida suv polosi bo'yicha 10 ta jamoa ishtirok etishi belgilab qo'yilgan. Ularning 7 tasi malum bo'lib ulgurgandi. 8-yo'llanma Xitoyga "sovg'a qilindi". Yana ikkita yo'llanma 8-15 mart kunlari Italiyaning Triest shahrida tashkil etiladigan licenzion musobaqada aniqlanishi lozim. O'sha musobaqada 10 ta terma jamoa qatnashadi va ularning ikkitasi Osiyodan bo'lishi lozim. Ammo, o'sha ikkita terma jamoa qaysi mamlakatdan bo'lishi hozircha nomalum.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing