So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

26 noy 16:55
Yangiliklar

Eshkak eshish, Suv sporti turlari

Tokio 2020 yo'lida. Sport federaciyalari bilan hamkorlikda Olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda

Milliy olimpiya qo'mitasi Tokio 2020 Olimpiadasiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Avval xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda O'zbekistondagi sport federaciya va associaciyalari bilan 2020 yilda Yaponiyada o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari uchun tuzilgan strategik reja keng muhokama qilinmoqda. Bungacha ko'plab sport federaciyalari Milliy olimpiya qo'mitasini o'z rejalari bilan tanishtirdilar. Bunday yig'ilishlarning navbatdagisi O'zbekiston «Rowing & Canoe» hamda O'zbekiston suzish federaciyasi mutasaddilari bilan o'tkazildi.

«Rowing & Canoe» federaciyasi tizimida uch yo'nalish mavjud: akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish hamda slalomda eshkak eshish. Yig'ilish davomida har bir yo'nalish bo'yicha terma jamoa murabbiylari Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari uchun qo'yilgan reja bilan tanishtirdilar. Olimpiadaga licenziya beruvchi musobaqalar haqida malumot berildi. Milliy olimpiya qo'mitasi ishchi guruhi vakillari bilan birgalikda bu yo'lda uchrayotgan muammolar, kamchiliklar muhokama qilindi. Malumki, mazkur sport turi bo'yicha O'zbekiston qitada etakchilardan biri hisoblanadi. Endi ushbu etakchilikni jahon miqyosiga olib chiqish lozim. Amalga oshirilayotgan islohotlar esa bunga oz vaqt qolganligini ko'rsatib turibdi.



O'zbekiston suzish federaciyasi vakillari (suzish, sinxron suzish va suvga sakrash) bilan o'tkazilgan yig'ilishda ham saralash musobaqalari taqvimi, sportchilarimizning imkoniyatlari, natijalar va ko'rsatkichlar, muammo va kamchiliklar muhokama qilindi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayonida federaciyalar bilan hamjihatlikda ish olib borib, o'zbek sporti tarixida yangi sahifa ochishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing