So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

05 iyu 16:10
Yangiliklar

Gimnastika, Tokio-2020, Qiziqarli!

Tokio Olimpiadasida Oksana CHusovitinani bayroqdor qilish uchun bir necha sabab

Yaponiya mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlariga oz vaqt qolmoqda.

Bir necha mamlakatlar Olimpiadaning ochilish marosimida davlat bayrog'ini ko'tarib chiquvchi bayroqdorlar ism-familiyasini malum qilmoqda. Ammo hozircha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasida kim bayroqdor bo'lishi mumkinligi haqida malumot elon qilinmadi. Balki bu masala hal qilib qo'yilgandir, ammo hozircha bu ommaga oshkor etilganicha yo'q. 

Ayni paytda ko'pchilik sport muxlislari Olimpiya o'yinlarida bokschimiz Bahodir Jalolov bo'lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. To'g'ri, bundoq olib qarasak Bahodir delegaciyamiz bayroqdori bo'lish uchun mos nomzod. Baland bo'yli, oltin medal uchun davogar...

Ammo sport mutasaddilari va muxlislar tomonidan yana bir nomzodga etibor qaratilishi zarar qilmasdi. Bu sport gimnastikasi afsonasi - Oksana CHusovitina. 


Nima uchun Oksana CHusovitina?

Birinchidan, Oksana CHusovitina jahon miqyosida taniqli sportchi hisoblanadi va media olami vakillari uchun ham qiziqarli shahs hisoblanadi. U o'zining sakkizinchi Olimpiadasida qatnashadi va bu mutlaq rekorddir. Bunday fantastik rekordni yaqin orada xech kim takrorlay olmasa kerak. Bundan tashqari, bu Oksana uchun oxirgi Olimpiada hisoblanadi. 

Ikkinchidan, Olimpiya o'yinlari vaqtida mamlakatlar paradi ketma-ketligi alifbo tartibida bo'ladi va biz katta ehtimol bilan Amerika Qo'shma SHtatlari delegaciyasi bilan birin-ketin Olimpiya stadioniga chiqib kelishimiz mumkin. (United States of America va Uzbekistan) AQSHdek mamlakat sportchilari arenaga chiqib kelganida shubhasiz barcha kameralar nigohi, shuningdek sharhlovchilarning diqqat-etibori mazkur vaziyatga qaratiladi va ular O'zbekiston chiqib kelayotgan payti amerikaliklarni muhokama qilayotgan bo'lishadi. Ammo biz jahon sporti afsonasi hisoblangan Oksana CHusovitina hisobiga sharhlovchi va muxlislarni ham o'zimizga qaratishimiz mumkin. Ochilish marosimini o'z telekanallari orqali sharhlayotgan jurnalistlar Oksana CHusovitina haqida muxlislarga gapirib berishlari mumkin bo'ladi. 

Uchinchidan, gender tengligi. Ayni paytda bong urilayotgan mana shu jihat ham Yangi O'zbekistonda gender tengligiga etibor qaratila boshlanganiga signal bo'la oladi. Bungacha O'zbekiston delegaciyasi bayrog'ini Olimpiya o'yinlarida doim erkak sportchilar ko'tarib chiqqan. Bayrog'imizni ayol kishi paradga olib chiqishi ham sportimiz uchun o'ziga xos yangilik bo'ladi. 

Bu shunchaki sportimiz mutasaddilari uchun oddiy bir taklif xalos. 

Malumot o'rnida, Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston sport delegaciyasi bayroqdori vazifasini bajargan sportchilar ro'yxatini keltirib o'tmoqchimiz: 

1996 - Temur Ibragimov (boks)

2000 - Muhammadqodir Abdullaev (boks)

2004 - Abdulla Tangriev (dzyudo)

2008 - Dilshod Mahmudov (boks)

2012 - Elshod Rasulov (boks)

2016 - Bahodir Jalolov (boks)

2020 - ???


Siz ushbu sharafli vazifaga qaysi sportchimizni nomzod sifatida ko'rsatgan bo'lardingiz?


Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
05 iyu 16:30:51
Temur-1982
Juda to’g’ri fikrlar bildirilibdi. Oksana Chusovitina bunga mos va xaqli.
   
23 iyu 13:34:55
A
Bzada aytadyam sraz qaytadyam uji bayroqni bowlaga bervorwbdiku
   
06 iyu 09:02:38
Odilbek Xakimov
Oksanaxon opaga teng keladigani yuq. Hurmati va obrusi uchun unga bitta olimpiada medalini bervorish kere.
   
05 iyu 16:44:12
Farhod_ bek1990
Yaxshi fikr.
   
05 iyu 16:33:17
Is Moi LoVe
Bahodir Tokiyoga ketib boʻldi. Aniq u emas ekan bayroqdor. Oksanaopa esa eng original variant
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing