So’nggi yangiliklar

17:17"Жирона" "Ливерпуль" юлдузини сафига қўшиб олмоқчи 0 16:55Нурсултон Рўзибоев: «Ўзимнинг хатом билан рақиб курашга кирди» 0 16:32"Фьюри тўққизинчи раундда туриб бера олганидан ҳайрон қолдим" - Кличко 0 16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0

21 fev 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar, Tokio-2020

Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik jarayoni muhokama qilindi

Teglar :  Tokio-2020MOQ
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan yana bir tadbir tashkil etildi.

MOQ rahbariyati sportchilarimizni oldinda kutib turgan yirik kompleks musobaqalar Tokio-2020 hamda Parij-2024 Olimpiya o'yinlari, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari hamda ish davomida uchrayotgan boshqa tashkiliy masalalarni o'rganishga bag'ishlangan onlayn yig'ilish o'tkazdi. Unda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov boshchiligidagi qo'mita rahbariyati, shuningdek, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig'ilish kun tartibi bo'yicha Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov Vazirlar Mahkamasida bo'lib o'tishi kutilayotgan yig'ilishga tayyorgarlik, Qo'mita raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni hamda Tezkor shtab faoliyati, terma jamoa sportchilarining tayyorgarlik jarayoni uchun yangi zamonaviy sport uskunalari, trenajyor va boshqa anjomlar, raqamli IT-texnalogiyalar va dasturlarni xarid qilish bo'yicha takliflar, Qo'mita raisi o'rinbosari Azizjon Kamilov atletlarga maxsus sport formalari va ekipirovkalarni tayyorlash, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi direktori Abdushukur Sadikov sportchilar uchun mahalliy farmakologik preparatlarni ishlab chiqarish dasturlari, tibbiyot markazi faoliyatini yanada modernizaciya qilish bo'yicha hisobot topshirishdi.

SHundan so'ng MOQ raisi yig'ilish yuzasidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Tokio Olimpiadasiga ham kun sayin yaqinlashib kelmoqdamiz. Avvalo, hukumatimizga bizning bu boradagi barcha rejalarimizni qo'llab-quvvatlayotgani uchun tashakkur aytib o'tmoqchiman. Xalqimiz bizdan xuddi Riodagidek ulkan g'alabalar kutmoqda. Buning uchun barchamiz o'z ishimizga masuliyat bilan kirishishimiz lozim. Muhtaram Prezidentimiz barcha rahbar va hokimlarga ish jarayonini kuchaytirish uchun mahalla va boshqa quyi bo'g'inlarga tushib ishlashni talab qilmoqdalar. Agar biz masalaning ichiga kirib bormasak, unga hech qachon echim topa olmaymiz”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Yig'ilish davomida Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlariga ham tayyorgarlikni unutmaslik, har bir sport turida o'ziga xos ekipirovkalar tayyorlash va buning uchun dizaynerlar bilan o'quv-seminarlari tashkil qilish, farmakologik yo'nalishda Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda ishlash, selekciya siyosatiga yanada katta etibor berish kabi yo'nalishlarda topshiriqlar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing