So’nggi yangiliklar

13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0

18 noy 20:55
Yangiliklar

Tokio-2020, Zamonaviy beshkurash

Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olgan beshkurashchilarimizga pul mukofoti topshirildi

Xitoyning Uxan shahri mezbonlik qilgan zamonaviy beshkurash bo'yicha Osiyo-Okeaniya chempionati o'zbek sporti uchun unutilmas musobaqa sifatida tarixda qoldi.

Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beradigan mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashib, sportimiz tarixida ilk bor yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanma oldi. Terma jamoamiz Alise Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkinning ajoyib ishtiroki orqali Tokio Olimpidasiga bir emas ikkita licenziya qo'lga kiritdi. Qolaversa, sportchilarimiz miks estafetasida shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildilar.

Sportchilarimiz bugun tunda Toshkent xalqaro aeroportiga qaytib kelishdi. Qahramonlarimiz tantanali kutib olinganidan so'ng shu kunning o'zida ularga davlatimiz tomonidan ajratilgan pul mukofotlari topshirildi. Belgilab qo'yilganidek, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan sportchilarimiz Alise Faxrutdinova hamda Aleksandr Savkin 100 million so'mdan, ularning murabbiylari esa 50 million so'm miqdoridagi pul mukofotiga sazovor bo'ldilar.

Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov, O'zbekiston zamonaviy beshkurash federaciyasi mutasaddilari, qolaversa, federaciyaga biriktirilgan masul tashkilotlar “Bekobod cement” AJ, va “Kvarc” AJ vakillari ham ishtirok etishdi. 

Natijalarimizni mana shunday mukofotlar bilan taqdirlashayotgani uchun hukumatimizga tashakkur aytib qolaman. Federaciyamiz bizning bemalol shug'ullanishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda. Nasib qilsa, Tokio Olimpiadasida bildirilgan bunday ishonchni oqlashga vada beramiz”, – dedi Alise Faxrutdinova. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing