So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

26 fev 20:44
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari, Qiziqarli!

Tokyo 2020 mobil ilovasi orqali sportchilar vazir bilan 24/7 rejimida onlayn aloqada bo'lishadi

Tokyo 2020 mobil ilovasi orqali sportchilar vazir bilan 24/7 rejimida onlayn aloqada bo'lishadi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ham axborot-kommunikaciya texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish borasida yana bir muhim qadamni tashladi.  

Takidlash joiz, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari boshlanishiga ham oz fursat qolgan bir pallada har bir kun, soat va hatto daqiqaning ham qadri juda baland. Buni to'g'ri anglagan holda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Tokyo 2020 mobil ilovasi yaratildi va ishga tushirildi. Ushbu mobil ilovani yaratishdan ko'zlangan maqsad – sportchi, trener va vazir o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri onlayn muloqotni yo'lga qo'yish hamda mavjud muammo va kamchiliklarni o'z vaqtida, tezkorlik bilan hal qilishdan iborat.

Yana bir jihatga etibor qaratish kerak, u yoki bu sportchi tomonidan yo'llangan savol, taklif, murojaat yoki shikoyatni bir vaqtda o'sha sportchining o'zi bilan birga Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidenti, yani faqat uch kishigina ko'rishi mumkin. Mobil ilovani yuklab olgan va ulangan boshqa sportchi, trener yoki sport federaciyasining rahbari o'zga shaxsning shikoyatini ko'rolmaydi. Mobil ilovada axborotning to'la maxfiyligi taminlangan bo'lib, bu korrupcion holatlarning oldini olishda ham muhim o'rin tutadi. 

Bugun Jismoniy tarbiya va sport vazirligida mazkur mobil ilovaning taqdimot marosimi o'tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, vazirning birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabduraxmonov, vazirlik hamda MOQ mutasaddilari, sport federaciyalarining rahbarlari va terma jamoalarning bosh murabbiylari ishtirok etishdi. 

Marosimda mazkur mobil ilovaning bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligi alohida takidlanib, bu bilan sportchilarimiz istalgan vaqt va sharoitda to'g'ridan-to'g'ri Jismoniy tarbiya va sport vaziri hamda MOQ prezidentiga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo'ldi. 

Tokyo 2020 mobil ilovasini Google Play, App Store internet magazinlari hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining rasmiy veb-sayti (www.minsport.uz) orqali yuklab olishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing