So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

03 dek 19:29
Yangiliklar

Qilichbozlik

Tomas Bax Alisher Usmonovni taqdirladi

Oradan 20 yil o'tgach Xalqaro qilichbozlik federaciyasining Kongressi o'z poytaxtiga qaytdi.

SHveycariyaning Lozanna shahrida dunyoning 150 dan ortiq mamlakat vakillaridan 300 delegat ishtirok etgan Xalqaro qilichbozlik federaciyasining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda MOQ prezidenti, Markaziy Osiyo va O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov va O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh kotibi Gulnora Saidova ham ishtirok etdi. 

Kongressda Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax ham qatnashib, tadbir ishtirokchilarini samimiy qutlab o'tdi. XOQ prezidenti qilichbozlikning barcha 12 yo'nalishini ham Olimpiya o'yinlari dasturiga kirishida ulkan xissa qo'shgan janob Alisher Usmonovni XOQning maxsus sovg'asi bilan taqdirladi.


Kongress doirasida yil yakunlari bo'yicha ham qator nominaciyalar bo'yicha taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, quyidagi yo'nalishda sovrinlar topshirildi:

“Fair Play Trophy”: Sablya bo'yicha Vengriya terma jamoasi vakillari Tamash Dechi, CHanad Gemesi, Andrash Satmari, Aron Scilagi va franciyalik Bolade Apitiga.

Kattalar va yoshlar o'rtasida reyting g'oliblari:

SHpaga. Kattalar o'rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar va erkaklar). Yakkalik: Man Vay Vivian Kong (Gongkong) va Kazuyasu Minobe (Yaponiya).
Yoshlar o'rtasida: Rossiya (ayollar) va Vengriya (erkaklar). Yakkalik: Federika Izola va Davide Di Veroli (ikkalasi ham Italiya).

Rapira. Kattalar o'rtasida jamoaviy: Rossiya (ayollar) va AQSH (erkaklar). Yakkalik: Inna Deriglazova (Rossiya) va Alessio Fokoni (Italiya).
Yoshlar o'rtasida: Italiya (ayollar) va Rossiya (erkaklar). Yakkalik: Martina Favaretto (Italiya) va Mohammed Hamza (Misr).

Sablya. Kattalar o'rtasida jamoaviy: Franciya (ayollar) va Koreya Respublikasi (erkaklar). Yakkalik: Olga Xarlan (Ukraina) va Sangxuk Ox (Koreya Respublikasi).
Yoshlar o'rtasida: Germaniya (ayollar) va Italiya (erkaklar). Yakkalik: Yoana Ilieva (Bolgariya) va Lorenco Roma (Italiya).

Millatlar Gran-prisi: Rossiya va Italiya.

SHuningdek, mazkur Kongress davomida Kabo-Verde, Keniya, Oman va Papua-Yangi Gvineya kabi mamlakatlar Xalqaro qilichbozlik federaciyasi azo bo'lishdi. SHu tariqa xalqaro tashkilotga azo mamlakatlar soni 157 taga etdi.

Kongressda xalqaro federaciyaning ortda qolgan vaqt mobaynida olib borgan ishlari, joriy yil bo'yicha moliyaviy hisobiti va kelasi yil uchun ajratilgan byudjeti to'g'risida hisobot tinglandi. SHuningdek, 2021 yil kattalar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonligi uchun o'tkazilgan ovoz berishda Misr mamlakati nomzodi maqullandi. Qolaversa, 2020-2024 yillar oralig'idagi xalqaro musobaqalarda jahon va Olimpiada chempionlarining bahslarda ajralib turishi uchun ularning sport kiyimiga ism-familiyasini qizil va oltin ranglarda yozdirib qo'yish bo'yicha qaror qabul qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing