So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

03 okt 12:11
Yangiliklar

Tokio-2020, Olimpiya o'yinlari

Tomas Bax Milliy Olimpiya qo'mitalar vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qildi

Teglar :  Tomas Bax
Bugun Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax barcha Milliy olimpiya qo'mitalari vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil qildi.

Ayni paytda yuzaga kelgan epidemiologik vaziyatda Olimpizm harakatining istiqboli, Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlik mavzusiga bag'ishlangan mazkur tadbirda XOQ mutasaddilari, barcha MOQ vakillari, shuningdek, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Xalqaro aloqalar departamenti direktori Kamoliddin Ergashev ishtirok etishdi.

Dastlab Tomas Bax uchrashuv mavzusi yuzasidan nutq qildi.

“Bugungi epidemiologik vaziyat sportning insoniyat hayotida ne chog'lik muhim ekanligini ko'rsatib berdi. Biz karantin davrida ilgari surgan #StayStrong #StayHealthy #StayActive shiorlari Olimpiya harakati vakillarini yanada jipslashtirdi. Yaponiya hukumati bilan Tokio Olimpiadasining tashkiliy masalalari bo'yicha hamkorlik qilmoqdamiz. Avval takidlab o'tganimizdek, bizning bosh maqsad bo'lajak Olimpiya o'yinlarini sportchilar uchun xavfsiz tashkil qilishdir”, – dedi XOQ rahbari.

Tadbir davomida Oybek Kasimov yurtimizda karantin davrida olib borilayotgan ishlar, muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus, hukumatimizning ne chog'lik sportni qo'llab-quvvatlayotgani, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan atletlarimizning uy sharoitida shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilgani haqida Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga malum qildi. 

Onlayn uchrashuv davomida qatnashchilar Olimpiya o'yinlariga licenzion musobaqalarni o'tkazish tizimi, sportchilar uchun Tokio Olimpiadasida yaratib beriladigan sharoitlar kabi yo'nalishlarda o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing