So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

10 mar 20:41
Yangiliklar

Boshqalar

Tomas Bax Xalqaro Olimpiya qo'mitasi prezidentligiga qayta saylandi

Teglar :  Tomas Bax
Bugun Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ)ning 137-Sessiyasi o'z ishini boshladi.

Takidlash joiz, 12 martgacha davom etadigan ushbu Sessiyaning asosiy maqsadi XOQ prezidentini saylash edi.

Ahamiyatlisi, ushbu lavozimga 8 yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan Tomas Baxning o'zi yagona nomzod bo'lib turgan edi. Tadbir avvalida XOQ rahbari ortda qolgan davr oralig'ida qilingan ishlar, Tokio-2020 va boshqa Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik rejalari haqida maruza qildi. Onlayn o'tgan tadbirda XOQ rahbariyati, Ijroiya qo'mitasi azolari va tashkilotning barcha vakillari, Xalqaro federaciya va associaciyalar rahbarlari, sport jamoatchiligi kuzatib bordi.

“Ortda qolgan davr ichida biz bir jamoa bo'lib juda katta ishlarni amalga oshirdik. Olimpiya harakati, Olimpiya birdamligi butun dunyoda yanada ommalashdi. Ayniqsa, Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida qochoq sportchilarning ishtiroki bu sport tarixidagi eng ahamiyatli voqelik bo'ldi. Kelajakda bu va boshqa bir qator loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan umidvorman”, – dedi Tomas Bax.

XOQ rahbari maruza davomida kelgusi Olimpiya o'yinlarida musobaqalar byudjetini ixchamlashtirish, Parij-2024 Olimpiadasidan boshlab unda ishtirok etuvchi ayol sportchilar sonini erkaklarniki bilan bir xil darajaga olib chiqish va bu bilan gender tenglikni taminlash, Tokio Olimpiadasini xavfsiz tarzda o'tkazish kabi rejalari haqida aytib o'tdi. Anjuman davomida XOQ rahbariyatining boshqa vakillari va tashkilot azolari Tomas Baxning maruzasi haqida o'z fikrlarini bildirishdi.

SHundan so'ng XOQ prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni bo'lib o'tdi. Unda Tomas Bax nomzodi maqullandi (faqatgina 1 qarshi ovoz) va XOQning amaldagi rahbari kelgusi 4 yil davomida ham tashkilotni boshqarib boradigan bo'ldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing