So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

14 okt 15:11
Yangiliklar

Boks/MMA, Futbol, Qiziqarli!

TOP-5. Afsonaviy sportchilar ishtirok etgan filmlarni ko'rganmisiz?

Kino olamidagi rejissyorlar bir necha bor sportchilarni filmida ishtirok etishga taklif qilishgan.

Kino aktyorlari uchun bu o'z reytingini ko'tarish, chempionlar uchun esa o'zlarini yangi sohada sinab ko'rish imkoniyatini bergan.

1. "Samoviy Jem" — 1996 yil.

Janr: multfilm, fantastika.
Maykl Jordan (Basketbol)

XX asrning oxirida NBA yulduzlari kinoni zabt eta boshlagan edi va Maykl Jordan bu sohada ham o'zini ko'rsata oldi. Kinoda, o'zga sayyoraliklar bostirib kelib, "Bugs Bunny" laqabli quyon va uning do'stlariga tahdid qiladi. Ammo, "Bugs Bunny" buning yo'lini topib, o'zga sayyoraliklarga basketbol o'ynashni taklif qiladi. SHunday qilib "Bugs Bunny" g'alaba qozonish uchun o'z jamoasiga taniqli o'yinchi Maykl Jordanni taklif qiladi.

Filmda boshqa basketbolchilarni ham ko'rish mumkin: CHarlz Barkli, Patrik Yuing, Larri Jonson va SHon Bredli.


2. "Asteriks Olimpiya o'yinlarida" — 2008 yil.

Janr: fantastika, komediya.
Mixael SHumaxer (Formula-1) va Zinedin Zidan. (Futbol)

Ushbu komediyada biz ikki nafar sport afsonasi — Formula-1 poygachisi SHumaxer va francuz futbolchisi Zidanni rol o'ynaganini ko'ramiz. Filmda Mixael ot-arava poygasida ishtirok etadi.

Zidanni esa tanish biroz qiyin. Kinoda biz qora uzun sochli, ko'zlari bo'yalgan va tilla taqinchoq taqqan misrlik Zinedinni ko'ramiz. 

Filmda yana basketbolchi Toni Parker, restler Neytan Jons va tennischi Ameli Mauresmoni ko'rishimiz mumkin.


3. "Vegasdagi ulfatlar" — 2009 yil.

Janr: komediya.
Mayk Tayson (Boks)

Komediyada bokschi o'zini rolini o'ynadi. Hatto yo'lbarslar haqida ham rejissyorlar yolg'on ishlatmagan. Taysonning haqiqatan ham malum vaqt davomida bengal yo'lbarslari bo'lgan.

Taysonning o'zi intervyularida hozirgi kunda yosh muxlislar uni faqat "Vegasdagi ulfatlar" filmidagi roli tufayli tanishini aytib g'azablanadi.


4. "XXX: Darbadarning qaytishi" — 2017 yil.

Janr: Jangari.
Neymar. (Futbol)

"XXX. Darbadarning qaytishi" filmida braziliyalik futbolchi atigi bir necha daqiqa ko'rinadi xolos. U Xitoy restoranlaridan birida Semyul Jekson bilan tushlik qilib, kutilmagan vaziyatda o'zining futbol mahoratini namoyish etishga muvaffaq bo'ladi.


5. "Qirol Arturning qilichi" — 2017 yil.

Janr: drama, fantastika.
Devid Bekxem. (Futbol)

Tomoshabinlar qirol Vortigernga xizmat qiladigan ricar Trigger rolini o'ynagan Bekxemga "Oskarga loyiq" deya tarif berishgan.


Kamron Hasanov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing