So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

23 iyu 12:06
Yangiliklar

Sport kurashlari

To'rt nafar yunon-rum kurashchimiz Osiyo chempionati finalida!

Qirg'iziston poytaxtida davom etayotgan sport kurashlari bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yunon-rum kurashi bahslarida yarim final ishtirokchilari malum bo'ldi.

Etiborlisi, bugun gilamga chiqqan to'rt nafar yunon-rum kurashchimizning bari 23 yoshgacha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining finaliga yo'l oldi. 60 kg vazndagi kurashchimiz SHermuhammad SHaribjonov yarim finalda turkmanistonlik Arslanbek Zakirbaevni 9-0 hisobida dog'da qoldirdi. SHaribjonovning finaldagi raqibi mezbonlar vakili Nurmuhammet Abdullaev bo'ladi. 

Osiyo chempionligi uchun asosiy davogar hisoblanayotgan Abror Atabaev 67 kg vazn toifasi yarim finalida turkmanistonlik Salihberdi Hommadovni muddatidan avval taslim (8-0) eta oldi. Atabaevning finaldagi raqibi ham qirg'izistonlik kurashchi Azamat Samat bo'ladi. U yarim finalda hindistonlik Gaurav Duxunni 8-0 hisobida engdi. 

72 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jahongir Hamroev turkmanistonlik Begmirat Nobatovni 11-2, saudiyalik Hassan Barnavini 4-0, yarim finalda qozog'istonlik Kiril Minkoni 9-0 hisobida dog'da qoldirdi. Uning oltin medal uchun kechadigan final bahsidagi raqibi qirg'izistonlik Adilxan Nurlanbekov bo'ladi. U hozirgina yakuniga etgan yarim final uchrashuvida turkmanistonlik raqibidan 9-4 hisobida ustun keldi.  

77 kg vazn toifasidagi Dilshod Omongeldiev yarim finalda hindistonlik Sajan Sajandan 8-0 hisobida ustun keldi. Hamyurtimiz kechki final dasturida qirg'izistonlik Akilbek Talantbekovga qarshi Osiyo chempionligi uchun gilamga chiqadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing