So’nggi yangiliklar

09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

09 noy 07:33
Yangiliklar

Voleybol

“Toshkent-2019” xalqaro turnirini ishonchli g'alaba bilan boshladik

Teglar :  O'zbekistonVoleybol
Toshkent temiryo'l muhandislari instituti sport majmuasida voleybol bo'yicha erkaklar o'rtasida “Toshkent-2019” xalqaro turniriga start berildi.

Unda O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda Qirg'iziston terma jamoalari g'oliblik uchun bahslarga kirishdi. 

Dastlab maydonga Turkmaniston va Tojikiston terma jamoalari tushishdi. Qizg'in kechgan o'yinda turkmanistonlik voleybolchilar 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

SHundan so'ng turnirning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda so'zga chiqqan O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev yurtimizda voleybolni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to'xtalib o'tdi:

- O'zbekiston hududiga voleybol sporti 1924-25 yillarda kirib kelgan bo'lib, o'tgan davr mobaynida u shonli taraqqiyot yo'lini bosib o'tdi. Ayniqsa, yurtdoshlarimiz orasidan Vera Duyunova, Larisa Pavlova singari Olimpiada chempionlari etishib chiqqanligi darhaqiqat voleybol yurtimizda ancha taraqqiy etganligidan darak beradi. Bugungi kunda O'zbekiston hukumati ushbu sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirish yo'lida keng ko'lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, vazirlik, idora, xo'jalik birlashmalari, yirik korxona va tashkilotlarning markaziy apparati tizimida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o'rtasida “Bosh vazir kubogi” musobaqalarining o'tkazilishi ushbu sport turini yurtimizda yanada ommalashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ochilish marosimida O'zbekiston davlat cirki artistlari, shuningdek O'zbek jang sanati va Turon yakkakurashi to'garaklarining tarbiyalanuvchilari o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarni xushnud etdi.

Kunning ikkinchi yarmida maydonda O'zbekiston hamda Qirg'iziston terma jamoalari bahs olib borishdi. Dastlabki partiya murosasiz kurashlar ostida o'tib, unda 26-24 hisobi bilan hamyurtlarimizning qo'li baland keldi. Biroq, keyingi partiyalarda vakillarimiz katta ustunlikka erishdi hamda 25-12, 25-17 hisoblarida g'alabaga erishdi.

“Toshkent-2019” xalqaro turniri

8 noyabr, juma
10:00 Turkmaniston – Tojikiston – 3:0
14:30 O'zbekiston – Qirg'iziston – 3:0 (26-24, 25-12, 25-17)

9 noyabr, shanba
10:00 Qirg'iziston – Turkmaniston
14:30 Tojikiston – O'zbekiston

10 noyabr, yakshanba
10:00 Tojikiston – Qirg'iziston
14:30  O'zbekiston – Turkmaniston

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing