So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

24 mar 18:53
Yangiliklar

Velosport

Toshkent - CHimkent velomarafoni bo'lib o'tdi

Teglar :  Velosport
Xabaringiz bor, 2018 yil Qozog'iston Respublikasida "O'zbekiston yili" deb elon qilingan. Do'stlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat o'rtasida turli tadbirlar, shu jumladan, sport musobaqalari tashkil qilish rejalashtirilgan.

Bugun, 24 mart kuni ana shunday musobaqalardan biri start oldi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ko'magida havaskorlar o'rtasida velopoyga tashkil etildi.

Turnir starti bugun Qozog'iston Respublikasining O'zbekistondagi elchixonasining yangi binosida tashkil qilindi. Tadbirda O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, uning o'rinbosari Oybek Kasimov, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaev, shuningdek, Qozog'iston Respublikasining favqulotda va muxtor elchisi Erik Utembaev, Janubiy Qozog'iston viloyati hokimi o'rinbosari Erbol Sadir, CHimkent shahri hokimi Qayrat Nurtay, Qozog'iston velosport federaciyasining birinchi vice-prezidenti Rayimbek Batalov va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirning badiiy qismidan so'ng janob elchi Erik Utembaev, vazir SHoakram Isroilov hamda Toshkent shahri hokimi o'rinbosari Nozim Husanovlar barcha ishtirokchilarni bayram bilan tabriklagan holda, ularga marafonda omad tiladi.

Soat 10:00da start olgan velopoygada Qozog'istondan 114, O'zbekistondan esa 40 nafar havaskor sportchilar ishtirok etishdi. Yo'nalishning umumiy masofasi 130 km ni tashkil etdi.

Bundan bir necha daqiqa oldin marafon ishtirokchilari CHimkent shahriga etib borishdi.






Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing