So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

20 mar 12:04
Yangiliklar

Karate

Toshkent karate WKF bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Teglar :  Karate
19 mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga Osiyo karate federaciyasining bosh menejeri Vinsent CHen boshchiligidagi delegaciya tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Qosimov, vazirlikning tegishli boshqarmalari boshliqlari O'zbekiston karate milliy federaciyasi raisi Alamjon Mullaev hamda federaciya Bosh kotibi Kamoliddin Xodjiniyazov ishtirok etishdi.

Tadbirda asosiy mavzu sifatida karate WKF bo'yicha O'zbekistonda o'tadigan Osiyo chempionati tashkil etish masalasi muhokama qilindi. SHuningdek, tomonlar karateni yurtimizda yanada ommalashtirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sportchilarimizni nufuzli musobaqalarga tayyorlash bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida o'zlari fikr almashishdi.

Oybek Qosimov delegaciya azolariga so'nggi yillarda yurtimizda karateni ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil malumot berib, poytaxtimizda Osiyo chempionatini yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha barcha choralar ko'rilishini malum qildi.

“Sizni yurtimizda ko'rib turganimdan xursandman. Xush kelibsiz. Bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. SHuni mamnuniyat bilan takidlash lozimki, mamlakatimiz sport turlari bo'yicha bir qator jahon va Osiyo chempionatlariga muntazam ravishda mezbonlik qilib kelmoqda. Xususan, joriy yilda O'zbekiston 34 ta nufuzli xalqaro musobaqalarga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Karate WKF bo'yicha qita birinchiligiga ham munosib mezbonlik qilish bo'yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.” – dedi O.Qosimov

O'z navbatida janob Vinsent CHen ham chempionat oldidan mavjud sharoitlar bilan tanishish va ushbu masala yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida yurtimizga kelganini takidlab o'tdi.

“Yana Toshkentdaligimdan bag'oyat xursandman. Bu safar ikkinchi marta kelishim. Poytaxtingiz menda tozaligi va qulayligi bilan katta taassurot qoldirgan. Bu erda o'zimni juda ajoyib his qilaman. Yurtingizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan etiborni o'zbekistonlik sportchilarning nufuzli musobaqalarda qo'lga kiritayotgan natijalaridan ham ko'rishimiz mumkin. Aholi sonidan kelib chiqadigan bo'lsak, natijalaringiz aholi ancha ko'p va iqtisodiyoti rivojlangan ayrim davlatlarnikidanda yuqori. Tashrifim davomida mavjud infrastrukturani o'rgandim. Toshkent nafaqat qita birinchiliklarini balkim, jahon miqyosidagi musobaqalarni o'tkazishga tayyor deb o'ylayman.” – dedi janob Vinsent CHen

Yakunda tomonlar joriy yilning iyul oyida poytaxtimizda Tokio Olimpiadasining licenziyalari o'ynaladigan Osiyo chempionatini o'tkazishga kelishib olishdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing