So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

16 iyu 19:04
Yangiliklar

Karate

Toshkent karate (WKF) bo'yicha XVI Osiyo chempionatiga qay darajada tayyor?

Teglar :  KarateToshkentOsiyo
Xabaringiz bor, joriy yil 15-21 iyul kunlari poytaxtimizda karate (WKF) bo'yicha kattalar o'rtasidagi XVI Osiyo chempionati hamda Osiyo karate federaciyasining navbatdagi hisobot-saylov kongressi o'tkaziladi.

Xo'sh, yurtimiz bo'lajak nufuzli sport anjumanini qabul qilish uchun tayyormi?

SHu va boshqa savollar bilan O'zA muxbiri O'zbekiston karate milliy federaciyasi bosh kotibi Kamoliddin Xojiniyozovga murojaat qildi.

- Bo'lajak nufuzli sport anjumanida ishtirok etish istagini bildirib, ro'yxatdan o'tgan davlatlar soni qirqtaga yaqinlashib qoldi. Bu ro'yxat yana o'sishi kutilmoqda, negaki ushbu qita chempionatida qatnashish istagi bilan murojaat qilishayotgan davlatlar bo'lib turibdi. Musobaqada qatnashish uchun hozircha 350 nafardan ortiq sportchi ro'yxatdan o'tdi.

- Toshkentda nafaqat qita chempionlari aniqlanadi, balki Osiyo karate federaciyasi prezidentligi uchun saylovlar ham o'tkaziladi. Mazkur jarayonni kuzatib borish uchun yurtimizga Butunjahon karate federaciyasidan faxriy mehmonlar ham taklif etilganmi?

image_2019-07-16_11-35-43.png

- Albatta, bunday darajadagi nufuzli sport anjumanlari faxriy mehmonlarning ishtirokisiz o'tmaydi. Aytib o'tganingizdek, bu erda shunchaki qita chempionlari aniqlanmaydi, balki Osiyo karate federaciyasining prezidentligi uchun saylov ham o'tkaziladi. SHu bois Kongressda ishtirok etish uchun Osiyo karate federaciyasining masul xodimlari, qitamizdagi etakchi davlatlarning vakillari kelishadi. Bundan tashqari ushbu nufuzli sport anjumaniga Butunjahon karate federaciyasining prezidenti, janob Antonio Espinoza ham taklif etilgan. O'z navbatida janob Espinoza ushbu taklifni qabul qilgan holda O'zbekistonga kelishini malum qildi. Qolaversa Osiyo chempionati davrida Butunjahon karate federaciyasi bosh kotibi hamda ushbu tashkilotning Hakamlar hayati to'liq tarkibi bilan qatnashadi.

- Osiyo karate federaciyasi prezidentligi uchun saylovda kimlarning nomzodi ilgari surilmoqda?

- Toshkentda tashkil etiladigan Osiyo karate federaciyasining navbatdagi kongressi davrida tashkilot rahbarligi uchun saylovlar o'tkazilishi haqida aytib o'tdik. SHu bois ayni paytda Osiyo karate federaciyasi rahbarligi uchun bir qator nomzodlar ko'rsatilgan. Biroq, kongress o'tkaziladigan kunga qadar ko'rsatilgan nomzodlar o'z nomzodini qaytarib olishi ham mumkin. SHuningdek, kongress paytida Osiyo karate federaciyasining Ijroiya qo'mitasi kengashiga azolar ham saylanadi. Ijroqo'm azoligiga O'zbekiston karate federaciyasi raisi Alamjon Mullaevning nomzodi ko'rsatilgan.

image_2019-07-16_11-35-59.png

- Osiyo chempionatida o'zbekistonlik qancha hakam ishtirok etadi?

- Hozirgi kunda xalqaro toifaga ega hakamlarimiz soni to'rt nafar. Osiyo qitasi miqyosida o'tadigan musobaqalarni boshqarish huquqiga ega hakamlarimiz soni esa 15 nafarga yaqin. Ushbu Osiyo chempionati boshlanishi oldidan Toshkentda hakamlar uchun seminar ham tashkil etiladi va unda muvaffaqiyatli qatnashgan hakamlar o'z darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Qita chempionatida ishlash uchun o'zbekistonlik 11 nafar hakam ro'yxatdan o'tishgan. SHu o'rinda takidlash joiz, Tokio-2020 yozgi olimpiadasida qatnashadigan hakamlarimiz o'z o'rnida sportchilarga dalda bo'ladi. Hozirgi kunda Sanjar Maqsudov, Azizbek Bo'riev, Alisher Qilichev va Burhon Rahmonov kabi malakali hakamlarimiz Olimpiya o'yinlariga borish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo'lib turibdi.

Eslatib o'tamiz, karate (WKF) bo'yicha kattalar o'rtasida XVI Osiyo chempionati 19-21 iyul kunlari “O'zbekiston” sport-sog'lomlashtirish majmuasida o'tkaziladi. Tashkilotchilar tomonidan tomoshabinlar orasida ushbu musobaqaga qiziqishni yanada oshirish maqsadida kirish bepul qilib belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing