So’nggi yangiliklar

14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0

27 fev 18:29
Yangiliklar

Dzyudo

Toshkent “Katta dubulg'a” turniri oldidan matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  Dzyudo
Xabaringiz bor, 1-3 mart kunlari Toshkent dzyudo bo'yicha “Katta dubulg'a” turniriga mezbonlik qiladi.

Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga yirik reyting ochkolarini taqdim etuvchi ushbu musobaqaga 70 dan ortiq mamlakatdan 500 nafardan ziyod sportchi tashrif buyurishi kutilmoqda. Bugun MOQda mazkur turnirga bag'ishlangan matbuot anjumani tashkil etilib, bellashuvlar oldidan qator mavzular muhokama qilindi.

Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) media bo'limi mutaxassislari, terma jamoa murabbiylar shtabi va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Anjuman avvalida Sport vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun davlatimiz tomonidan katta etibor qaratilayotgani, barcha ishtirokchilar uchun qulay sharoitlar yaratib berilishi haqida gapirdi. O'z navbatida, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga umumiy ko'rilayotgan tayyorgarlik, dzyudochilarimizdan kutilayotgan natijalar borasida so'zlab berdi. MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa azolarining tayyorgarligi, mamlakatimizda yoshlar o'rtasida dzyudo ommaviyligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, federaciyaning yaqin rejalari xususida to'xtaldi.

Anjuman davomida OAV xodimlari terma jamoa azolarining tayyorgarligi, musobaqada qatnashadigan tarkib va boshqa qiziqarli mavzulardagi savollar bilan mutaxassislarga yuzlanishdi. Bunga javoban terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis, ayollar jamoasi ustozi Jamshid Xudoyberganov sportchilarning umumiy holati yaxshi ekani, yil boshida ketma-ket ikki turnirda g'alaba qozongan Diyora Keldiyorovaga dam berilgani va boshqa yo'nalishlar bo'yicha malumot berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing