So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

06 mar 19:32
Yangiliklar

Engil atletika

Toshkent marafoni va “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqalari oldidan “YUGUR” mobil ilovasi joriy etildi

Teglar :  Yangi nafasMarafon
Salomatlikni mustahkamlashda sog'lom turmush tarzining, ayniqsa aholi orasida ommaviy yugurish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada esa o'tgan yillar davomida yurtimizda yugurish musobaqalarining tizimli tashkil etilishi yaxshi ananaga aylandi. Joriy yil 12 mart kuni Navro'z umumxalq bayramiga bag'ishlangan V xalqaro Toshkent marafoni va O'zbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda o'tadigan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqalari ham ayni harakatning mantiqiy davomi bo'ladi.  

SHu mavzuda o'tgan matbuot anjumanida “International Tashkent Marathon” va “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqalariga tayyorgarlikning borishi, unda ishtirok etish tartiblari, talabnomalar taqdim etgan sportchilar soni kabi masalalar xususida so'z bordi.   

Takidlanganidek, V xalqaro Toshkent marafonida 5 ming 500 nafar ishtirokchi qatnashib, ular to'rtta masofaning birida — 42 kilometr 195 metr,  21 kilometr 97,5 metr, 10 va 3 kilometrda o'z kuchlarini sinab ko'rishi mumkin. Marafon World Athletics musobaqalar kalendariga kiritilgan va WA qatiy reglamentiga muvofiq holda o'tkaziladi. Marafonning yugurish trassasi Xalqaro marafonlar va yugurishlar associaciyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan.

Aytish lozim, “International Tashkent Marathon” mintaqadagi eng ahamiyatli xalqaro sport musobaqalaridan biri sanaladi. Unda professional sportchilar belgilangan normativlarni bajargan holda 2024 yili Parijda o'tadigan Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Hozirgacha 22 ta davlatdan sportchilar ishtirok etish uchun arizalarini taqdim etgan.  

Anjumanda mamlakatning 14 ta shahrida bir vaqtda o'tadigan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga tayyorgarlikning borishi, Andijon, Namangan, Farg'ona, CHirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Urganch, Nukus, Toshkent, Qorovulbozor va G'uzorning markaziy ko'chalari bo'ylab 3 kilometr masofaga ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tishi, mazkur ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish uchun 75 ming nafardan ortiq arizalar topshirilgani, uning 25 ming nafardan ortig'ini talabalar tashkil etayotgani aytib o'tildi.  

11 mart kuni V xalqaro Toshkent marafoni arafasida poytaxtimizdagi “Paxtakor” stadionida “Kids Run” bolalar ommaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish bahslari o'tkazilishi rejalashtirilgan.   

Mutasaddilar yurtimizda “YUGUR” mobil ilovasi joriy etilgani, uning afzalliklari, milliy malumotlar bazasi, ro'yxatdan o'tgan ishtirokchi shaxsiy kabinetda o'zining yugurish va yurish bo'yicha jismoniy faolligi haqida malumotlarni saqlashi mumkinligi tushuntirildi. Ilovada sport natijalari asosida ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilarning umumiy reytingi joriy etiladi.  

— 2019 yildan O'zbekiston hududlari bo'ylab ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etilmoqda. Dastlab ming nafar ishtirokchi qamrab olingan. 2022 yilga kelib ular safi yuz ming nafardan oshib ketdi. Joriy yildan joriy etiladigan “YUGUR” ilovasi hududlarda yuguruvchilar jamiyatini shakllantirish uchun yaxshi platforma bo'lib xizmat qiladi, — deya takidladi O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi o'rinbosari Andrey Abduvaliev.  

Matbuot anjumani yakunida Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi O.Qosimov, O'zbekiston engil atletika federaciyasi raisi o'rinbosari Kamoliddin Usmonov va boshqa tashkiliy qo'mita azolari jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing