So’nggi yangiliklar

15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0

06 jan 08:56
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Toshkent suzish bo'yicha licenzion musobaqaga mezbonlik qiladi

Teglar :  OlimpiadaSuv sporti
Xabaringiz bor 2020 yil noyabr oyida poytaxtimizdagi Saxovat suv sporti markazida suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati bahslari o'tkazilgan edi.

Noyabr oyida o'tkazilgan musobaqaning ahamiyatli jihati, unda g'oliblar Xalqaro suv sporti turlari federaciyasi (FINA) tomonidan Tokio-2020 licenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolariga ega bo'lishgan edi. Ochiq chempionatda O'zbekiston suv sporti ustalari bilan bir qatorda Qirg'iziston hamda CHexiya terma jamoalari ham ishtirok etishgandi.

Boshlangan yangi 2021 yilda ham O'zbekiston suzish federaciyasi o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ymoqda. Joriy yilning aprel oyida yana bir nufuzli musobaqaga mamlakatimiz mezbonlik qiladi.

O'zbekistonda suzish federaciyasi suv sportini rivojlantirish va ommalashtirish, shuningdek FINA va boshqa milliy federaciyalar bilan o'zaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida FINAga 2021 yilning aprel oyida suzish bo'yicha navbatdagi O'zbekiston ochiq chempionatini Tokio Olimpiadasi saralashi sifatida tasdiqlash to'g'risida murojaat qildi.

O'zbekiston suzish federaciyasiga keng miqyosidagi xalqaro tadbirlarni tashkil qilish bo'yicha tajribasi va amaliyotini hisobga olgan holda, FINA O'SFning taklifini qo'llab-quvvatladi va joriy yilning 12-17 aprel kunlari poytaxtimiz suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionatiga mezbonlik qiladigan bo'ldi.

Ushbu musobaqa nafaqat Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari, balki jahon chempionatlari uchun ham saralash bosqichi vazifasini o'tab beradi. Bunda belgilangan normativni bajargan sportchilar Olimpiya o'yinlari bilan bir qatorda joriy yil Abu-Dabida kichik havzada o'tadigan (25m) 15-jahon chempionati va 2022 yilda Yaponiyaning Fukuoka shahri mezbonlik qiluvchi 19-jahon chempionatlarida ishtirok etish huquqini ham qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing