So’nggi yangiliklar

15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0

20 jan 08:06
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyati sport boshqarmasi tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik asosida bo'sh er maydonlarini taklif qildi

Nurafshon shahridagi O'zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent viloyati bo'limi binosida viloyat hokimining turizm va sport masalalari bo'yicha o'rinbosari S.Nizamov hamda viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i K.Adilovlar ishtirokida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda boshqarma tasarrufidagi barcha tuman(shahar) jismoniy tarbiya va sport bo'limlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari rahbarlari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan Toshkent viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo'yicha o'rinbosari Sayfiddin Nizamov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosi doirasida har bir tuman(shahar)da tashkil etilgan Streetball, Workout maydonchalari hamda «Salomatlik yo'lakchalari» bo'yicha amalga oshirilgan ishlar to'g'risida to'xtalib o'tdi. Sport maydonchalarini qurish borasida sustkashlikka yo'l qo'yayotgan tuman(shahar)lar jismoniy tarbiya va sport bo'limlariga tegishli tavsiyalar berildi.

So'ngra Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i K.Adilov ham so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi «Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to'g'risida»gi Qarorida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosiga alohida to'xtalib, bolalar-o'smirlar sport maktablari hududidagi bo'sh yotgan er maydonlari tadbirkorlarga belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida berilishini malum qildi. Ushbu o'zaro manfaatli bitim avvalo sportni rivojlantirishga hissa qo'shishi lozimligi takidlandi.

SHu erning o'zida K.Adilov Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish maqsadida barcha tadbirkorlarga Murojaatnoma yo'lladi. Etiborlisi, yig'ilish yakunida 7 nafar tadbirkor Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli bo'sh er maydonlaridan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish taklif bilan chiqishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing