So’nggi yangiliklar

09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0

30 noy 07:58
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyatida jismoniy salomatlikni oshirishga qaratilgan tadbirlar o'tkazilmoqda

Davlatimiz rahbarining “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni ijrosi taminlash va Toshkent viloyati aholisini doimiy sportga jalb etish maqsadida Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan turli ommaviy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, hafta davomida doimiy ish bilan band aholi qatlamini dam olish kunlarida sport bilan shug'ullanishlarini tashkil etish uchun Olmaliq shahri, Ohangaron, Yuqorichirchiq, Zangiota tumanlarida ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari va sport turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirlar doirasida aholi o'rtasida yurishni targ'ib qilgan holda yoshlarga o'rnak ko'rsatish, erta tongdan badantarbiya bilan shug'ullangan holda jismoniy salomatlikni oshirishga qaratilgan targ'ibotlar amalga oshirilmoqda.

Malumki, kun davomida faol bo'lgan odam xizmat vazifasini katta ishtiyoq bilan bajaradi. SHuningdek, sport bilan muntazam shug'ullanish kasalliklarning oldini oladi, sog'lom va uzoq umr ko'rishga yordam beradi.

Bu kabi tadbirlarga viloyat bo'yicha 2 mingdan ortiq aholi vakillari qamrab olindi. SHuningdek ular bilan davra suhbatlari tashkil etilib, doimiy ravishda sport bilan shug'ullanishlari bo'yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing