So’nggi yangiliklar

16:10Нурсултон Рўзибоев нима учун қисқа вақт орасида жангни қабул қилганини айтди 0 15:47Forbes. Роналду – энг сердаромад спортчи, Месси эса... 0 15:24Тайсон Фьюри Александр Усикка ноодатий таклиф берди 0 15:01Дмирий Бивол Саудия Арабистонига етиб борди 0 14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0

22 sen 07:23
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyatida “Rahbar kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi yakunlandi

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i sovrini uchun “Rahbar kubogi” musobaqasining hududiy bosqichi yakuniga etdi.

Toshkent viloyatida jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqalarda Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi sport talim muassasalari xodimlari ishtirok etishdi. Musobaqalar sportning mini futbol, voleybol va stol tennisi turlari bo'yicha o'tkazildi.

Yuqorichirchiq tumanida o'tkazilgan hududiy bosqichida ishtirokchilar kuchlilar ichida eng kuchlisini aniqlash borasida o'zaro bellashishdi.

Musobaqalar doirasida mini futbol bo'yicha yarim final bahslarining dastlabkisida Suv sporti turlariga IBO'SM jamoasi CHirchiq OZK jamoasi bilan bellashib, 0:8 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi yarim finalda SO'T va EAIBO'SM jamoasi YAKTIBO'SM jamoasi bilan kuch sinashib, 7-1 hisobida g'alaba qozondi.

Yarim final g'oliblari CHirchiq OZK jamoasi va SO'T va EAIBO'SM jamoalari finalda chempion nomiga aniqlik kiritish uchun bahs olib bordi. Unda CHirchiq OZK jamoasi raqblarini 6:0 hisobida mag'lub etishdi.

Ayollar o'rtasida stol tennisi bo'yicha o'tkazilgan bahslarda 1-o'rinni viloyat Suv sport turlariga IBO'SM vakilasi E.Mamidamanova qo'lga kiritdi. 2-o'rinni viloyat SO'T va EAIBO'SMdan D.Imamdjanova va 3-o'rinni CHirchiq IOZMIdan B.Kamilova qo'lga kiritdi.

Ushbu sport turining erkaklar o'rtasida o'tkazilgan bahslarida 1-o'rinni viloyat YAKSTIBO'SM vakili B.Isroilov, 2-o'rinni CHirchiq IOZMI vakili D.Jumanov, 3-o'rinni viloyat Suv sport turlariga IBO'SM vakili D.Saydinov qo'lga kiritdi.

Voleybol sport turi bo'yicha CHirchiq OZK jamoasi viloyat YAKSTIBO'SM jamoasini 2-0 hisobida mag'lub etib final bosqichiga yo'l oldi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing