So’nggi yangiliklar

14:19Мухлислар ташрифи бўйича жорий мавсум рекорди Наманганда янгиланди 0 14:11UFC Нурсултонга: "Тезроқ жароҳатни тузат. Сен учун режамиз бор" 0 13:58Жон Жонс Миочич билан жангдан қанча пул ишлаб олишини очиқлади 0 13:37Нурхон Қурбонова Париж-2024 Паралимпия ўйинларига иккинчи лицензиясини қўлга киритди! 0 13:16"Бургут" хоккей клуби "Ҳумо"нинг менежерини трансфер қилди 0 12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқланди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0

18 sen 20:25
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkent viloyatida sport – aholi hayot tarzining muhim bo'lagiga aylanmoqda

“Paxtazor” sport kompleksida aholi salomatligini mustahkamlash va ular o'rtasida sport targ'ibotini kuchaytirish maqsadida sport tadbirlari tashkil etildi.

Toshkent viloyatining Quyi CHirchiq tumanida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 5 ta muhim tashabbusi doirasida barpo qilingan “Paxtazor” sport kompleksida aholi salomatligini mustahkamlash va ular o'rtasida sport targ'ibotini kuchaytirish maqsadida sport tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan tumanda istiqomat qiluvchi ko'plab nuroniylar ishtirokida “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yurish sayri tashkil etildi. SHundan so'ng, mahalliy aholi vakillari, yosh sportchilar va tashkilotchi mutasaddilar ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari ishtirok etishdi.

Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan yosh sportchilar o'rtasida sport musobaqalari o'tkazildi. Unda jami 200 nafardan ortiq yosh sportchilar futbol, voleybol, engil atletika va yakka kurash sport turlari bo'yicha o'zaro g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

“Karantin talablari yumshatilishi munosabati bilan aholi salomatligini tiklash va ularni muntazam sport turlari bilan mashg'ul bo'lishlarini taminlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirmoqdamiz. SHu boisdan bugungi kabi sport tadbirlari Toshkent viloyatining har bir tumanida tashkil etilmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz, sportni har kungi hayot tarzimizning muhim bo'lagiga aylantirish. Karantin davrida ham onlayn tarzda bu borada maxsus loyihalarni amalga oshirdik. Bu o'z navbatida minglab oilalarni sportga bo'lgan etiborini o'zgarishiga olib keldi. Bugun ular har doimgidan faol. CHunki sport har qanday vaziyatda g'alabaning birinchi qadamidir” deb aytib o'tdi Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i Komiljon Adilov.

Musobaqalar yakunida g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Tadbirda ishtirok etganlar Hukumatimiz tomonidan bugungi kunda yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berilayotganligini alohida etirof etib, endilikda bu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligini takidlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing