So’nggi yangiliklar

19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0 15:32Ислам Махачев Хабибнинг натижасини такрорлади 0 15:10"Реал" қачон Европа Суперкубоги учун курашади? 0 14:48Шахматчиларимиз Aktobe Open 2024 турнирининг 8-турида қандай натижа қайд этишди? 0

15 may 18:01
Yangiliklar

Boks/MMA

“Toshkent yo'lbarsi” deya nom qozongan boks afsonasi haqida

Teglar :  Rufat RisqievBoks
Boksdagi faoliyati orqali butun dunyoda “Toshkent yo'lbarsi” nomi bilan dong taratgan afsonaviy bokschi Rufat Risqiev 1949 yil 2 oktyabr kuni Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on shahrida tavallud topgan.

Rufat Risqiev 14 yoshidan boshlab boks bilan jiddiy ravishda shug'ullana boshlagan. U o'zbek bokschilari orasida xalqaro maydonlarda sovrindor bo'lgan dastlabki bokschi sifatida tarixga muhrlangan.

Rufat Risqiev o'z karerasi davomida u 189 ta jang o'tkazib, shundan 174 tasini g'alaba bilan yakunlagan. Ilk bor 1972 yilda 75 kilogrammgacha vazn toifasida Sobiq ittifoq chempionligini qo'lga kiritgan. O'zbek boksi afsonasi 1974-76 yillarda qatorasiga uch bor yana mamlakatda tengsiz ekanligini isbotlagan.

U 1974 yilda Gavanada o'tkazilgan boks bo'yicha ilk jahon chempionatida barcha raqiblarini tiz cho'ktirib, oltin medalni qo'lga kiritadi. Qayd etish lozim, AIBA 1974 yildan etiboran havaskorlar o'rtasida jahon chempionati tashkil etish bo'yicha qaror qabul qilgan va Rufat Risqiev dastlabki chempionlardan biri sifatida tarixga kirgan. U paytlarda boks bo'yicha jahon chempionati xuddi Olimpiya o'yinlari singari har to'rt yilda bir marta o'tkazilar edi.

Rufat Risqiev 1976 yilda Monreal shahri mezbonlik qilgan to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi sanalmish Olimpiya o'yinlarida finalgacha etib borib, musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'lgan. Ushbu Olimpiya o'yinlaridan so'ng 27 yoshli Rufat Risqiev faoliyati davomida orttirgan jarohatlari sabab katta sportni tark etishga qaror qiladi.

Rufat Risqiev sobiq Ittifoq boks federaciyasi tomonidan “Eng yaxshi bokschi” unvoni bilan taqdirlangan. Malumot uchun, ushbu mukofot 1948 yilda Rossiyada boksning 50 yilligi munosabati bilan tasis etilgan bo'lib, unvonga o'z davrining engilmas bokschilari sazovor bo'lishgan.

Sportdagi faoliyatidan so'ng Rufat Risqiev o'z hayotiga bag'ishlab ishlangan “Ringga chorlamoqda...” filmida suratga tushgan.

1997 yilda Rufat Risqiev WBAning hakamlar bo'limiga azo bo'ldi va Markaziy Osiyoda professional boks bo'yicha xalqaro toifadagi birinchi hakamga aylandi.

Rufat Risqiev 1977 yilda Mamuraxon Risqieva bilan turmush quradi. Ushbu nikohdan ikki o'g'il va bir qiz dunyoga kelgan. Hozirda 7 nabirani tarbiyalab, voyaga etkazmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing