So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

14 apr 17:41
Yangiliklar

Gimnastika

Toshkentda badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogi bosqichi taqvimi malum qilindi

19-21 aprel kunlari Toshkent yana bir bor badiiy gimnastika bo'yicha jahon kubogi bosqichlaridan biriga mezbonlik qiladi.

Ushbu bosqich Tokio Olimpiadasiga licenzion ochkolar taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. O'zbekiston gimnastika federaciyasining malum qilishicha, ayni paytga kelib 23 davlat vakillari musobaqada ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishgan. Sportchilarning umumiy soni 73 nafarni tashkil etib, ularning 39 nafari yakkalik bahslarida qatnashishadi.

Mezbonligimiz ostida kechadigan musobaqada Sabina Toshkenboeva hamda Ekaterina Fetisova yakkalik bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Guruh bellashuvlarida qatnashadigan gimnastikachilarimiz rossiyalik murabbiy qo'l ostida hozirlik ko'rishmoqda. Unda Nilufar SHomurodova, Dinara Ravshanbekova, Sofiyabonu Qosimova, Kamola Irnazarova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoeva bahslarga kirishadi. Ayni paytda yurtdoshlarimiz jahon kubogiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.

Turnir 19 aprel kuni start oladi. Tantanali ochilish marosimi 19:30 ga belgilangan. 20 aprel kuni soat 13:30 dan ko'pkurash bo'yicha yakkalik va jamoaviy bellashuvlar boshlanadi. 19:30 da taqdirlash marosimi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. 21 aprel kuni esa har bir element bo'yicha g'olib va sovrindorlar nomi aniqlab olinadi. 16:00 da musobaqaning tantanali yopilish marosimi boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing