So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

07 sen 17:20
Yangiliklar

Qilichbozlik

Toshkentda Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlandi + FOTO

Kecha, 6 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Ashhobod" bog'ida Butunjahon qilichbozlik kuni nishonlandi.

Unda yosh va taniqli qilichbozlar, murabbiylar, MDH mamlakatlaridan taklif etilgan mehmonlar, estrada xonandalari, shuningdek, Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov ham ishtirok etdi.
Tadbir davomida so'zga chiqar ekan, MOQ Bosh kotibi yaqin yillar ichida o'zbek qilichbozlarini ham Olimp shohsupasida ko'rish niyatida ekanligi haqida gapirdi.

"Bugungi bayram "Sport barcha uchun" shiori ostida tashkil qilinmoqda. O'zbekiston Xalqaro qilichbozlik federaciyasining to'laqonli azosi hisoblanadi. Yaqin o'tmishga nazar solar ekanmiz yurtimizdan sportning ushbu turi bo'yicha jahon chempionlari, Olimpiya o'yinlari sovrindorlari etishib chiqqaniga guvoh bo'lamiz.

Milliy olimpiya qo'mitasi O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Ishonchim komilki, bu kabi ommaviy sport tadbirlarining o'tkazilishi mamlakatimizda qilichbozlik sportini yanada rivojlantirish va ommaviylashtirishga xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, bugungi tadbir ishtirokchilariga omad va zafarlar tilayman. O'zbekistonlik qilichbozlarni esa yaqin kelajakda yana Olimp shohsupasida ko'rishdan umidvorman", - dedi Jasur Matchanov.

Tadbir davomida qiziqarli sahna ko'rinishlari, qilichbozlik tarixiga bag'ishlangan turli chiqishlar namoyish etildi. SHuningdek, murabbiy va sportchilar tomonidan master-klasslar namoyish etib berildi. Yig'ilganlar uchun tanlov tashkil etildi va g'oliblar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsad aholini qilichbozlikka qiziqtirish, ushbu sport turi ommaviyligini oshirishdir. Poytaxtimizda o'tkazilgan Butunjahon qilichbozlik kuni yig'ilganlarda katta taassurot qoldirdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing