So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

04 noy 13:14
Yangiliklar

Tadbirlar

Toshkentda Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) “Trener va hakamlar faoliyatini rivojlantirish” dasturi asosida o'quv kurslari bo'lib o'tmoqda

Sportni rivojlantirish vazirligida mamlakatimizga tashrif buyurgan bir guruh xorijlik sport mutaxassislari bilan muloqot bo'lib o'tdi.

3-7 noyabr kunlari Toshkent shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining (OOK) “Trener va hakamlar faoliyatini rivojlantirish” dasturi asosida sportning boks, dzyudo, suzish, og'ir atletika va sport kurashlari turlari bo'yicha o'quv kurslari bo'lib o'tadi. 

O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur tadbir OOKning qitada Olimpizm targ'ibotini yanada kuchaytirish, ilm-fan sohasida erishilgan yangi yutuqlar, joriy etilgan yangi qoidalar bilan barchani xabardor qilish kabi maqsadlarda yo'lga qo'yilgan.

Bu borada dastlabki xalqaro seminar Quvaytda tashkil etilgan bo'lib, unda 7 ta g'arbiy Osiyo mamlakati vakillari ishtirok etishgan edi. 

Bu gal diyorimiz mezbonlik qilayotgan tadbir Markaziy (Afg'oniston, Eron, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, O'zbekiston) va Janubiy Osiyo (Bangladesh, Butan, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, SHri-Lanka) mintaqalaridagi 14 ta mamlakatdan tashrif buyuradigan mutaxassislar uchun olib boriladi.

Tadbir doirasida 5 noyabr kuni Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Fun Run” ommaviy yugurish tadbiri ham rejalashtirilgan. 500 nafar yosh sportchilar ishtirokida tashkil etiladigan ushbu poyga mamlakatimiz yoshlari orasida sog'lom turmush tarzi targ'ibotini yanada kuchaytirish, ularni sportga keng jalb qilish maqsadida o'tkaziladi.

Xalqaro seminarda har bir davlatdan dasturdagi sport turlari bo'yicha 2 nafardan murabbiy va hakam qatnashib, ishtirokchilarning umumiy soni 280 nafarni tashkil etadi.  

SHuningdek, OOK xodimlari va xalqaro federaciyalar tomonidan tayinlangan O'zbekiston, Kanada, Irlandiya, AQSH, Tailand, Xitoy, Rossiya kabi mamlakatlardan 10 nafardan ortiq ekspertlar ham tashrif buyuradi.

5 kun davom etadigan seminar ham nazariy, ham amaliy tarzda olib boriladi. Dastavval mehmonlar o'zlari istiqomat qiladigan mehmonxonada o'tkaziladigan nazariy kurslar orqali bilimlarini boyitishlari mumkin. 

SHundan so'ng biriktirilgan bazalarda olgan ko'nikmalarini amalga tatbiq qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Seminar bitiruvchilari OOKning maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing