So’nggi yangiliklar

20:28Қозоғистонлик теннис маликаси "Ролан Гаррос" 1/8 финалида ўйнайди 0 20:07Царукян — Махачевга: "Навбат бўйича кейингиси менман, Ислам, қочма!" 0 19:46"Ролан Гаррос". Соболенко Паула Бадосани йўлдан олиб ташлади 0 19:25Роналду икки юлдуз билан музокара олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум 0 19:04Махачевнинг кейинги рақиби ким бўлади? UFC раҳбари жавоб берди 0 18:43Элина Свитолина "Ролан Гаррос" 1/8 финалида 0 18:22Дмитрий Бивол 2018 йилдан бери илк бор муддатидан олдин ғалаба қозонди 0 18:01Бунақаси "Реал" билан фақатгина 1932 йилда содир бўлганди 0 17:40"Ролан Гаррос". Даниил Медведевнинг юриши давом этмоқда 0 17:19Дюбуа энди Энтони Жошуага қарши жанг қилмоқчи 0 16:58Каспер Рууд "Ролан Гаррос" 1/8 финалига йўл олди 0 16:37Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи! 0 16:26Уч таэквондочимиз Ҳарбийлар ўртасида жаҳон чемпиони, яна тўрт нафари совриндор! 0 16:16Александр Шлеменко Кертисни муддатидан олдин мағлуб этди 0 15:55Бивол сўнгги 6 йилликдаги илк нокаути ҳақида: "Кучим йўқ бўлиб қолмаганини билардим" 0

12 may 17:23
Yangiliklar

Velosport

Toshkentda Osiyo velosport konfederaciyasining Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi

Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Osiyo velosiped sporti Konfederaciyasi (ASS) Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Osiyo velosiped sporti Konfederaciyasi Prezidenti Osama Ahmad Abdulla al SHafar, Konfederaciya vice-prezidentlari SHayx Holid Hamad Ahmad Al Halifa va Amarjit Singh, Bosh kotib Onkara Singh, O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi raisi Tanzila Narbaeva, raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jaevlar ishtirok etishdi.

Mazkur Ijroqo'm yig'ilishida quyidagi masalalar muxokama qilindi:

– Bolalarni sport bilan muntazam ravishda shug'ullanishga jalb etish, sport talimi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka-chekka hududlarda sport obektlari tarmog'ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini rivojlantirish; umumtalim maktablarida — o'quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o'qituvchilarini jalb qilgan holda istedodli yoshlarni saralab olish (selekciya) hamda bolalar va o'smirlar sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida sinfdan tashqari sport to'garaklari va sekciyalari mashg'ulotlarini tashkillashtirish; ilg'or xalqaro tajribalarni hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish masalalarini amalga oshirish;

– yurtimizda velosportni yanada rivojlantirish, yoshlarni bunga ommaviy jalb qilish orqali etuk va barkamol insonlar etib voyaga etkazish, ularning iqtidori va qobiliyatlarini to'la namoyon etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish hamda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi va Osiyo velosport Konfederaciyasi o'rtasida hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirish va ularni amalga oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirish;

– SHosse bo'yicha 2019 yili O'zbekistonda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatining tashkiliy masalalari.

Yig'ilish davomida shuningdek, Osiyo velosport Konfederaciyasi bilan hamkorlikda Osiyo chempionatini yuqori saviyada o'tkazish masalasida fikr almashildi. SHu o'rinda O'zbekiston velosiped sporti federaciyasi rahbariyati tomonidan hozirgi kunda Hukumat dasturiga asosan Toshkent shahridagi velotrekda kapital qurilish va tamirlash ishlari davom etayotganligi, velotrek dunyo standartlariga javob beradigan inshoot bo'lishi malum qilindi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing