So’nggi yangiliklar

12:55Хави 2023-2024 йилги мавсумни сарҳисоб қилди 0 12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0

03 sen 10:53
Yangiliklar

Engil atletika, Boshqalar

Toshkentda o'tgan "Yangi nafas" yugurish musobaqasidan yorqin FOTOREPORTAJ

Teglar :  Yangi nafas
Bugun, 3 sentyabr kuni eng ulug' va eng aziz bayramimiz O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo'lib o'tdi.

“Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi mamlakatimizning Toshkent, Nurafshon, Guliston, Andijon, Namangan, Farg'ona, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Termiz, Qarshi, G'uzor, Xiva va Nukus shaharlarida tashkil etildi.

Yugurish masofalari poytaxtda 3 va 10 kilometr, qolgan shaharlarda esa 3 kilometrlik bitta masofa etib belgilandi. “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o'tkazilgan “Yangi nafas” marafonida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar  qatnashdi.

Respublika bo'ylab 100 mingga yaqin havaskor yuguruvchilar ushbu ommaviy sport musobaqasida io'tirok etdi. Toshkent shahrida "Humo Arena" sport maydoni o'tkazilgan ommaviy yugurish musobaqasiga 7000 dan ziyod ishtirokchi qo'shildi, ular orasida Toshkentning 50 ta oliygohidan 3000 ga yaqin talaba ham qatnashdi.

Tadbir tashkilotchilari – Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oliy talim, fan va innovaciyalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, ishtirokchi shaharlarning hokimliklari, “O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati hamda Engil atletika federaciyasi.

Toshkentdagi ommaviy yugurish musobaqasining dasturiga 3 km va 10 km masofalik ikkita distancya kiritildi. Qolgan shaharlarda "Yangi Nafas" sport harakatining yagona ramziy masofasi 3 km ni tashkil qildi. SHuningdek, 30 ta chet el davlatidan vakillar ham ushbu keng ko'lamli sport bayramiga qo'shildi. 

Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston sport yugurish klublaridan qariyb 400 nafar ishtirokchi "Yangi Nafas" ommaviy yugurish musobaqasini qo'llab-quvvatlash maqsadida tashrif buyurdilar. "Yangi Nafas" g'oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pullik mukofot fondi va ommaviy yugurish musobaqasining ramzi tushirilgan esdalik sovg'alari ajratildi.

Musobaqa etakchilarini tantanali taqdirlash uchun "Milliy Bog'"da maxsus tantanali oqshom tashkil etildi.

Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing