So’nggi yangiliklar

20:21Уиттакерга қарши жангига ўзбеклар билан тайёргарлик кўраётган Чимаевнинг жисмоний ҳолатини кўрдингизми? + ФОТО 0 20:00"Интер" ёзда уч нафар футболчисини сотишга тайёр 0 19:39Пауэрлифтинг бўйича "Tаshkent Power" халқаро турнири ўтказилди 0 19:18Махачев Дастин Порьенинг фаолиятини якунлаш тўғрисидаги гапларига муносабат билдирди 0 18:57Россиялик яна бир фигурали учувчи спорт фуқаролигини ўзгартирди 0 18:36Товон пули 1 млрд долларга баҳоланган Родриго "Реал"ни тарк этмоқчи эмас 0 18:15WTA Саудиядан 5 йиллик шартнома учун қанча пул олиши маълум бўлди 0 17:54Конор Макгрегор Махачев - Порье жангига тахмин билдирди 0 17:33Райан Гарсия: "Тайсоннинг ўрнига Пол билан жанг қилишга тайёрман" 0 17:12Бироздан сўнг Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланади 0 16:51"Бургут" клуби "Ҳумо" хужумчисини ўз таркибига қўшиб олди + ФОТО 0 16:47Боксчи қизларимиз Олимпиада лицензион турнирида рингга чиқишди 0 16:30Конор Чендлер билан жангга деярли 1 ой қолганида қандай формада эканлигини кўрсатди 0 16:09"Ролан Гаррос". Дарья Касаткинада ҳам муваффақиятли старт 0 15:48Ўзбекистон Республикаси Президенти футзал бўйича Жаҳон чемпионатига муносиб тайёргарлик кўриш бўйича махсус қарор қабул қилди 0

11 iyu 16:50
Yangiliklar

Qilichbozlik

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha “Olimpiya umidlari” Respublika ochiq turniri start oldi

Teglar :  Qilichbozlik
Toshkent qilichbozlik bo'yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi hamkorligida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2019 yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun munosib o'rindoshlarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida, 2019 yil 10-12 iyun kunlari Toshkent shahri “Paxtakor” stadionida joylashgan qilichbozlik zalida, qilichbozlikning barcha turi bo'yicha 2005 y. Tug'ilgan va undan kichik yoshdagi sportchilar o'rtasida “Olimpiya umidlari” Respublika ochiq turniri o'tkazilmoqda.

Musobaqa qilichbozlikning har uchta (shpaga, rapira, sablya) yo'nalishida yakkalik bahslarida tashkil etiladi va unda Qoraqalpog'iston respublikasi, respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahri hamda Qo'shni Qozog'iston va Tojikiston mamlakatlaridan tashrif buyurgan jami 250 nafardan ziyod sportchilar qatnashadilar.

Musobaqa jadvaliga asosan 10 iyun kuni qilichbozlikning shapaga yo'nalishidagi baxslarga start berildi.

-Malumki, so'ngi yillarda O'zbekiston qilichbozlik Federaciyasi tomonidan qilichbozlik sportini yanada rivojlantirish, sportchilarning mashg'ulot o'tashlari hamda musobaqa va xalqaro turnirlarga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun yanada kulay shart-sharoitlar yaratib berishga alohida etibor qaratilmoqda, — dedi xalqaro toifadagi hakam Aida Xasanova, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi bosh hakami. — Bu kabi ananaviy turnirlarning tashkil etilishi ham aynan yosh iqtidorli qilichbozlarning mahoratini namoyon etish uchun qulay imkoniyatlardan biridir.Endilikda Federaciya tomonidan yuqori natijalarni qo'lga kiritayotgan yosh sportchilarni qo'llab-quvvatlash, ularning murabbiylarini har jixatdan rag'batlantirish, hakamlarning kasbiy mahoratini oshirish kabi  muhim masalalarga alohida etibor bilan yondashilmoqda. Albatta, bunday ijobiy yondashuvlar o'z samarasini bermoqda.

Qilichbozlik yo'nalishida o'tkazilayotgan “Olimpiya umidlari” ananaviy sport musobaqasida g'olib bo'lgan sportchilar 1,2,3 – o'rin sohiblari turnirning oltin, kumush va bronza medallari hamdamaxsus Diplom va esdalik sovg'alariga ega bo'ladilar.

SHunday qilib, musobaqaning birinchi kunida jami 82 nafar sportchilar qatnashgan bo'lib, ulardan 53ta o'g'il bolalar va 29 nafar qiz bolalar o'zaro kuch sinashdi.

SHpagachi o'g'il bolalar o'rtasida bo'lib o'tgan bahslarda qozog'istonlik qilichbozlarning puxta tayyorgarlik ko'rganligi namoyon bo'ldi. Ular shohsupaning eng yuqori pog'onalaridan o'rin egallasha muvaffaq bo'ldilar.

Birinchi o'rin hamda turnirning oltin medaliga Bogdan Lukin (Kozog'iston) ega chiqdi. 2-o'rin hamda kumush medal qozog'istonlik yana bir sportchi Georgiy Tinnikovga nasib etdi.

SHohsupaning 3-pog'anasidan o'rin olgan Xumoyun Usmanov (Andijon vil.) va Sarvar Islomov (Navoiy vil.) ga “Olimpiya umidlari” turinirining bronza medallari taqdim etildi.

Qilichboz shpagachi-qizlar o'rtasida esa Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan Aziza Xamidova barcha raqiblarini dog'da qoldirib g'alaba shohsupasining 1-o'rini hamda turnirning oltin medaliga sazovor bo'ldi.

Kumush medalini qo'lga kiritgan Risolat Yusupova (Toshkentsh.) shohsupaning 2-o'riniga ko'tarildi. 3-o'rinni egallagan Dilnaz Murzataeva (Qoraqalpog'iston resp.)hamda Aliya Albekova (Toshkent sh.) bronza medaliga sazovor bo'ldilar.

Mazkur turnir doirasida 11 iyun kuni qilichbozlar rapira yo'nalishida bahs olib boradilar.


O'QF Matbuot xizmati


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing