So’nggi yangiliklar

21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 20:31"Мерседес" "Запорожец"ни чангида қолдириб кетди — футбол мураббийи бўлишдан бошқа ҳамма ишни қилишга рози банк мутахассиси ғолиб бўлган Европа чемпионатини ёдга оламиз 0 20:10"Реваншни сабрсизлик билан кутаман" - Собиқ UFC чемпиони Фьюри-Усик жанги ҳақида гапирди 0 18:49Райан Гарсия Усикнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 18:28Жаҳон чемпионатининг жамоавий баҳсларига қуръа ташланди 0 18:07Жозе Моуринью ишга қайтишга яқин. У янги жамоаси билан деярли келишувга эришди 0 17:46Усик ва Фьюри жанг натижаси эълон қилиниши олдидан нима ҳақида суҳбатлашгани маълум бўлди 0 17:25Ига Свёнтек бир мавсумда Рим ва Мадридда чемпион бўлган учинчи теннисчи 0 17:04Диёра Келдиёрова жаҳон чемпионати финалида + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:43Пеп Гвардиола "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:22Макгрегор: "Усик Фьюрига яна имкон бериши ёки Жошуа билан жанг қилиши керак" 0 16:01Бугун академик эшкак эшувчиларимиз сўнгги лицензион турнирда старт олишади 0 15:40Йўғе? Усик икки ҳафтадан кейин мутлақ жаҳон чемпиони мақомини йўқотади 0 15:19Биласизми? Одил Аҳмедов ўз вақтида катта пуллар эвазига ҳам "Бунёдкор"га ўтишни хоҳламаган 0 14:58Афсонавий Леннокс Льюис Александр Усикка мурожаат қилди 0

10 fev 16:03
Yangiliklar

Qilichbozlik

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston chempionatiga start berildi

Teglar :  Qilichbozlik
Poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha musobaqa boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi hamkorligida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq 2020 yil 10–14 fevral kunlari qilichbozlikning barcha (shpaga, rapira, sablya) yo'nalishlari bo'yicha (2000-2002 y.t. va 2003-2006 yillarda tug'ilgan) kadetlar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston CHempionati doirasidagi musobaqalarga start berildi. 

Mazkur turnirda sportchilar jamoaviy baxslarda kurash olib boradilar. Bugun, 10 fevral kuni 2000-2002 yillarda tug'ilgan o'smir-sportchilar orasida shpaga yo'nalishidagi hamda kunning ikkinchi yarmida 2003-2006 yillarda tug'ilgan sportchi (kadet)lar orasida rapira yo'nalishida musobaqalar bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, o'smirlar va kadetlar orasida joriy yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan qilichbozlik bo'yicha Respublika CHempionatida sportchilar yakkalik baxsida o'zaro kuch sinashgan edi.

Mazkur chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yosh sportchilari ishtirok etadi.

Ushbu turnirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad:

- qilichbozlik sportini keng targ'ib qilish hamda O'zbekiston Respublikasi hududida ommaviy sportning rivojlanishiga munosib hissa qo'shish;

- qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi uchun munosib o'rindoshlarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash;

- qilichbozlarning o'zaro bahs olib borish sport mahoratlarini oshirish;

- sportchilar orasida o'zaro do'stona munosabatlar o'rnatish va mustahkamlash va boshqalar.

Musobaqalar Toshkentdagi “Paxtakor” qilichbozlik sport zalida bo'lib o'tmoqda. 

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini ushbu turnirni keng yoritishga taklif etadi.

O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing