So’nggi yangiliklar

12:34Усик ва Фьюри жангдан қанча пул ишлаб олишгани маълум бўлди 0 12:13Жамал Хилл иштирокидаги жанг бекор қилинди 0 11:52Хабиб Нурмагомедов Ислам Махачевнинг машғулот йиғинига қўшилди + ФОТО 0 11:31Суперлига. Бугун 8-тур баҳслари давом эттирилади 0 11:10Рим "Мастерс" турнирида чемпион аниқанди 0 10:49Жаҳон чемпионатининг биринчи кунидан сўнг 107 давлат орасида нечанчи ўриндамиз? 0 10:28Нурсултон Рўзибоев: "Бу ҳақиқий жанг бўлади" 0 10:07"Барселона" Испания Суперкубоги 1/2 финалида "Атлетик" билан ўйнайди, "Реал" эса... 0 09:46Гусков Энтони Смит билан жанг қиладими? Богданнинг ўзи бунга ойдинлик киритди 0 09:25"Бургут" жамоаси Ўзбекистон хоккейи ёш юлдузини ўз сафига қўшиб олди 0 09:04Ричард Торрес профессионал боксдаги 10-жангини ўтказди 0 08:43"Ланс" сўнгги дақиқаларда Европа лигасидан қуруқ қолди 0 08:22Боксчиларимиз "Елорда кубоги"ни битта олтин медаль билан якунлашди 0 08:01Расман. "Ҳумо" бу мавсум қайси чемпионатда иштирок этишини эълон қилди 0 21:57Диёра Келдиёрова Жаҳон чемпионати шоҳсупасида! ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

11 mar 20:20
Yangiliklar

Qilichbozlik

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha qitalararo xalqaro konferenciya bo'lib o'tdi

Teglar :  Qilichbozlik
O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatidan so'ng Toshkentda qilichbozlik bo'yicha qitalararo konferenciya bo'lib o'tdi.

“Hyatt” mehmonxonasida o'tgan tadbirda Osiyo, Afrika, Pan Amerika qilichbozlik konfederaciyalari mutasaddilari, shuningdek, mamlakatimiz nomidan O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o'rinbosari Alisher Sadullaev, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, mamlakat qilichbozlik federaciyasi raisi Maqsud Abdusamatov ishtirok etishdi.


Konferenciya “Dunyoda qilichbozlikni ommalashtirish, muammo va echimlar” mavzusida tashkil qilindi. Unda rasmiylarimiz mamlakatimizda qilichbozlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Prezidentimizning bu boradagi islohotlari xususida to'xtalib o'tishdi. SHuningdek, har bir mintaqa mutasaddilari o'z hududlarida qilichbozlikning rivoji, ommalashuvi, qolaversa, echimini kutayotgan bir qator muammolar xususida gapirib o'tishdi. Konferenciya yakunida rivojlanayotgan mamlakatlarni qo'llab-quvvatlash, ularni kerakli inventarlar bilan taminlash, murabbiy va hakamlar uchun seminarlar tashkil etish kabi istiqbolli rejalar belgilab olindi.


SHundan so'ng Osiyo chempionati yakuniga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi. Unda qita birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi. Anjuman davomida sportchilarimizning erishgan yutuqlari, joriy yil terma jamoa oldiga qo'yilgan rejalar, jahon chempionatiga tayyorgarlik kabi mavzularda qizg'in savol-javoblar bo'ldi. Eslatib o'tamiz, 2-9 mart kunlari o'tgan musobaqada o'smirlarimiz umumjamoa hisobida ikkinchi, yoshlarimiz esa birinchi o'rinni qo'lga kiritgan edi.


Suratlar muallifi: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing