So’nggi yangiliklar

16:38"Барселона" ҳужум чизиғини кучайтирмоқчи 0 16:16Ломаченко Камбососни мағлуб этса кейинги рақиб ким бўлади? Промоутер жавоб берди 0 15:53Том Круз Париж Олимпиадасининг ёпилиш маросимида иштирок этади 0 15:27"Ижтимоий тармоқда кўпроқ пул топдим". Шон О'Мэлли UFCдаги гонорарлардан норози 0 15:05EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум 0 14:44Astana Barysy Grand Slam`га қуръа ташланди. Дзюдочиларимиз иштирокларини кимларга қарши бошлашади? 0 14:39Рим WTA 1000. Осака, Кенин ва бошқаларда ғалаба, Векичда мағлубият, ёмғир сабаб қолдирилган ўйинлар 0 14:18Энтони Смит UFC`нинг таклифини рад этди 0 13:57Анчелотти "Бавария"нинг шикоятларига жавоб қайтарди 0 13:36Лицензион турнир. Жалгасбай ғалаба билан бошлади, Бахшиллоев эса... 0 13:20Қозоқ теннисчиси жорий мавсум WTA 1000 турнирларидаги 12-ғалабасини қўлга киритди. Бу Турдаги тўртинчи натижа! 2 12:59Бироздан сўнг Astana Grand Slam турнирига қуръа ташланади 0 12:38Спортчилар ижтимоий тармоқларда 0 12:17"Реал" — "Бавария" учрашувининг "man of the match" соҳиби маълум. У дубль муаллифи эмас! 0 11:56Рим "Мастерс". Монфис, Шаповалов, Шварцманда мағлубият ҳамда ёмғирли куннинг бошқа натижалари 0

11 okt 11:59
Yangiliklar

Karate

Toshkentda shinkiokushinkay karate bo'yicha "Mustaqillik Kubogi" o'tkazildi

Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 300-umumtalim maktabida shinkiokushinkay karate bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlab tashkil etilgan musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda qo'shni Qozog'istondan kelgan 100 nafardan ziyod karatechilar tatamiga chiqishdi. 

Murosasiz bellashuvlar yakunida umumjamoa hisobida Samarqanl viloyati karatechilari birinchi o'rinni band etishdi. Toshkent shahri jamoasi ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, kuchli uchlikka Namangan viloyati vakillari yakun yasab berishdi. 

Ushbu musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad terma jamoa tarkibini shakllantirib olishdan iborat. G'olib karatechilar terma jamoa tarkibida kelasi yili Tailand davlati mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'radi. 

Malumot uchun, ayni paytda Hasan Nazarov boshchiligidagi terma jamoamiz karatechilari 14-15 oktyabr kunlari Yaponiya poytaxti Tokio shahrida o'tkaziladigan kattalar o'rtasidagi 13-jajon chempionatiga hozirlik ko'ryapti. Dunyo birinchiligida 103 davlat  sportchilarining ishtirok etishi kutilmoqda. Har to'rt yilda bir marotaba o'tkazib kelinayotgan jahon chempionatida SHahboz Mirzaev va Ulug'bek Hamdamov yurtimiz sport sharafini himoya qiladi. 

SHinkiokushinkay karatega oid yana bir yangilik, 6 nafar hamyurtlarimiz 17-19 oktyabr kunlari o'tkaziladigan nufuzli xalqaro seminarda ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko'rishyapti. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tganlar jahon karate tashkiloti tomonidan maxsus sertifikatlar bilan taqdirlanishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing